O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi 2021 yilning 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Majlisda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
     1. Attestatsiya ishlarini ko‘rib chiqish
     2. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish va yangi kengashlar tuzish haqida
     3. Bir martalik ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish
     4. Malakaviy imtihonlarni tashkil etish va ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlar dasturlarini tasdiqlash haqida
     5. Ekspert kengashlari tarkiblariga o‘zgartirishlar kiritish
     6. Dissertatsiya ishlari ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar chop etilishi lozim bo‘lgan ilmiy jurnallar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish haqida
     7. Fan doktori va falsafa doktori ilmiy darajalarini olish uchun o‘tkaziladigan dissertatsiya tadqiqotlari mavzularini ro‘yxatdan o‘tkazish va “OAK Byulleteni” jurnalida e’lon qilish haqida
     8. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
     9. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
     10. Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
     11. Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
     12. Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
     13. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga o‘zgartirish kiritish haqida
     14. Dissertatsiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarga o‘zgartirish kiritish haqida
     15. Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qarorlarini bekor qilish haqida
     16. OAKda yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomini mustahkamlash haqida
     17. OAKning 2021 yilning birinchi yarim yilligi chora-tadbirlar rejalarining birinchi chorakdagi ijrosi haqida
     18. Turli masalalar

Yangiliklarga obuna bo‘lish