O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi 2021 yilning 27 fevral` kuni bo‘lib o‘tadi. Majlisda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
1. Attestatsiya ishlarini ko‘rib chiqish
2. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish va yangi kengashlar tuzish haqida
3. Bir martalik ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish
4. Ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlar dasturlarini tasdiqlash haqida
5. Ekspert kengashlari tarkiblariga o‘zgartirishlar kiritish
6. Dissertatsiya ishlari ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar chop etilishi lozim bo‘lgan ilmiy jurnallar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish haqida
7. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
8. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
9. Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
10. Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
11. Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
12. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga o‘zgartirish kiritish haqida
13. Dissertatsiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarga o‘zgartirish kiritish haqida
14. OAKda yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomini mustahkamlash haqida
15. Turli masalalar