Mirraximova Tanzila Axrorovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tikanli artishok (Cynara scolymus L.) xomashyosi va quruq ekstraktini standartlash», 15.00.02–Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Far6.

Ilmiy rahbar: Yunusxodjaev Axmatxodja Nigmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.

Rasmiy opponentlar: Tadjiev Mansur Azizovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Aripova Salima Fazilovna, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda etishtirilayotgan tikanli artishok xomashyosi va uning asosida yaratilgan o‘t haydovchi ta’sirga ega bo‘lgan dori preparatining sifat me’yorlarini belgilash hamda standartlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

O‘zbekistonda ilk bor etishtiriladigan tikanli artishok xomashyosining sifat va miqdor ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda standartlashtirilgan;

mahalliy tikanli artishok xomashyosi asosida quruq ekstrakt olishning maqbul sharoitlari  hamda uning sifatini nazorat qilish va standartlash usullari ishlab chiqilgan;

mahalliy tikanli artishok xomashyosi asosida olingan quruq ekstraktning farmako-toksikologik xususiyatlari ochib berilgan;

o‘sish hududi sharoitiga qarab tikanli artishok kimyoviy tarkibining sifat va miqdoriy jihatdan bir-biridan farqlanuvchi aminokislotalar, ekstraktiv moddalar miqdori, polisaxaridlar, makro- va mikroelementlar kabi tarkiblari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tikanli artishok xomashyosi asosida olingan quruq ekstraktni standartlash va sifat nazorati usullarini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot natijalari asosida:

tikanli artishok barglari hamda tikanli artishok barglari quruq ekstrakti  uchun korxona farmakopeya maqolalari Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz–22175941-2998-2016 va KFM 42 Uz–22175941-2997-2016). Natijada tikanli artishok xomashyosi va quruq ekstrakti korxona sharoitida standartlangan, shuningdek, ularning sifatini nazorat qilish usullarini ishlab chiqish imkonini bergan;

tikanli artishok barglari hamda tikanli artishok barglari quruq ekstrakti Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (20.12.2016 y., 01212/12/16 va 01213/12/16). Natijada O‘zbekistonda etishtirilayotgan  tikanli artishok xomashyosi asosida o‘t haydovchi xususiyatga ega bo‘lgan dori preparati yaratilib, ushbu dori preparati ishlab chiqarishda import o‘rnini bosish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish