Yakubova Madinabonu Abdumalikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «O‘zbekiston Respublikasida investisiya nizolarini muqobil hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Yu662.
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Karaxodjaeva Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Suyunova Dilbar Joldasbaevna, yuridik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida investisiya nizolarini muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiyaviy nizoni hal etishning zaruriy bosqichlari sifatida muzokaralar o‘tkazish, kelishuvga erishilmagan holda mediatsiyaga murojaat qilish, muqobil usullar natija bermagan holda davlat sudiga murojaat qilish va yakuniy bosqich xalqaro arbitrajda nizoni hal etish ekanligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili instituti investisiya faoliyati sohasidagi nizolarni hal etishga ko‘maklashuvchi, investor va davlat o‘rtasida bog‘lovchi sifatida namoyon bo‘lishi asoslantirilgan;
investisiyaviy nizolar taraflari xalqaro arbitraj sudlariga faqat nizoni hal etishning barcha muqobil usullari va milliy sudga murojaat qilganidan keyin murojaat qilishlari mumkinligi, bunday murojaat uchun O‘zbekiston Respublikasining imzolangan va amaldagi xalqaro shartnomalari yoki investor hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida xalqaro arbitrajga murojaat qilish paytida tuzilgan shartnoma doirasidagi yozma roziligi talab etilishi asoslantirilgan;
jismoniy va yuridik shaxslar va davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal etish bo‘yicha Apellyasiya kengashlari jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan investorlar va davlat organlari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish va hal etish, nizolar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish funksiyasini bajaruvchi maxsus maydon sifatida faoliyat yuritishi zarurligi asoslantirilgan;
investisiya sohasidagi qonunchilikning barqarorligini ta’minlash, siyosiy xavflar va qonunchilik o‘zgarishi xavfini kafolatlash, idoralararo xabardorlik hamda hukumatlararo muhokama maydonini yaratish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida investisiya nizolarini muqobil hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
investisiyaviy nizoni hal etishning zaruriy bosqichlari sifatida muzokaralar o‘tkazish, kelishuvga erishilmagan holda mediatsiyaga murojaat qilish, muqobil usullar natija bermagan holda davlat sudiga murojaat qilish va yakuniy bosqich xalqaro arbitrajda nizoni hal etish hakidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ-598-son Qonunining 63-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 30 sentyabrdagi 28-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi investisiya nizolarini hal etishning muqobil usullarini keng qo‘llash imkonini berishi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi milliy sudlariga murojaat qilish qoidasini faqat ushbu muqobil usullar amalga oshirilgandan so‘ng qo‘llanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil investisiya faoliyati sohasidagi nizolarni hal etishga ko‘maklashuvchi, investor va davlat o‘rtasida bog‘lovchi institut sifatida namoyon bo‘lishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ-598-son Qonunining 33-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 30 sentyabrdagi 28-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi investorlarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlaydigan va O‘zbekiston Respublikasida investisiyaviy nizolarni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatadigan ma’muriy organ tashkil etish imkonini bergan;
investisiyaviy nizolar taraflari xalqaro arbitraj sudlariga faqat nizoni hal etishning barcha muqobil usullari va milliy sudga murojaat qilganidan keyin murojaat qilishlari mumkinligi, bunday murojaat uchun O‘zbekiston Respublikasining imzolangan va amaldagi xalqaro shartnomalari yoki investor hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida xalqaro arbitrajga murojaat qilish paytida tuzilgan shartnoma doirasidagi yozma roziligi talab etilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ-598-son Qonunining 63-moddasining uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 30 sentyabrdagi 28-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi Xalqaro arbitrajga murojaatlar sonini kamaytirish, mablag‘larni tejash imkonini bergan, taraflar o‘rtasidagi investisiya nizolari muqobil metodlar bilan kelishilmaganda xalqaro arbitrajga murojaat qilish huquqini ta’minlgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida investisiyaviy nizolar yuzaga kelgan taqdirda xalqaro arbitrajga murojaat etish shartlarini aniq belgilab bergan;
jismoniy va yuridik shaxslar va davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal etish bo‘yicha Apellyasiya kengashlari jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan investorlar va davlat organlari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish va hal etish, nizolar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish funksiyasini bajaruvchi maxsus maydon sifatida faoliyat yuritishi zarurligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 iyundagi «Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4754-son Qarori ilovasi sifatida tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyasiya kengashi to‘g‘risidagi Nizomning 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 27 dekabrdagi 21/12-61-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi yangi tashkil etilgan apellyasiya kengashining nizolarni sudgacha hal etish bo‘yicha muqobil organ sifatida asosiy vazifalarini belgilash imkonini bergan;
investisiya sohasidagi qonunchilikning barqarorligini ta’minlash, siyosiy xavflar va qonunchilik o‘zgarishi xavfini kafolatlash, idoralararo xabardorlik hamda hukumatlararo muhokama maydonini yaratish zaruratiga oid takliflar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 maydagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Investisiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risidagi nizomning 24-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi investisiya muhitining barqarorligiga xizmat qiluvchi investisiya nizolarini hal etishning yangi mexanizmlarini joriy etish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish