Mardonov Mamed Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar innovatsion faoliyati hisobini takomillashtirish»,08.00.08–“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1600.
Ilmiy rahbar:Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Murodjon Shukurovich,iqtisodiyot fanlari doktori,dotsent.
Yetakchi tashkilot:Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar innovatsion faoliyati hisobini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalarda innovatsion faoliyatga oid sarflar, ularni moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida axborotlarni investorlar va boshqa foydalanuvchilarga kapitallashgan va kapitallashmagan innovatsiyalar kesimlarida tizimli taqdim etish imkonini beruvchi 2410-«Innovatsion faoliyatga doir sarflar», 0870-«Innovatsion faoliyat bilan bog‘liq kapital qo‘yilmalar», 8850-«Innovatsion faoliyatni maqsadli moliyalashtirish», 8920-«Innovatsion faoliyat uchun rezerv» schyotlarini ochish taklif etilgan;
pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotning investisiya faoliyati bo‘limining 090-satridagi “Investisiya faoliyatining boshqa pul tushumlari va to‘lovlari” bandini 091-satriga tushirib, 090-satrga “Innovatsion faoliyatning pul tushumlari va to‘lovlari” bandini kiritish tavsiya etilgan;
korxonalarda innovatsion faollik ko‘rsatkichini yaratilgan innovatsiyalar soniga qarab emas, innovatsion mahsulot, ish va xizmatlar hajmining korxona foydasidagi ulushi bo‘yicha aniqlash taklif etilgan;
innovatsion mahsulot ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqotlar olib boradigan sub’ektlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik o‘rnatilishi natijasida innovatsion mahsulot, ish, xizmatlarning hajmini o‘sishining 2025 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
korxonalarda innovatsion faoliyatga oid sarflar, ularni moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida axborotlarni investorlar va boshqa foydalanuvchilarga kapitallashgan va kapitallashmagan innovatsiyalar kesimlarida tizimli taqdim etish imkonini beruvchi 2410-«Innovatsion faoliyatga doir sarflar», 0870-«Innovatsion faoliyat bilan bog‘liq kapital qo‘yilmalar», 8850-«Innovatsion faoliyatni maqsadli moliyalashtirish», 8920-«Innovatsion faoliyat uchun rezerv» schyotlarini ochish tavsiya etilgan hamda ularni yuritish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartilari 1-son BHMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ning 54-bandi va 11-son BHMS «Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarga xarajatlar»ning 24-bandi talablaridan kelib chiqib  “Samarqand don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 2021 yil 26 yanvardagi 14-son bo‘yrug‘i bilan jamiyat faoliyatiga joriy qilingan  (“Samarqand don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 20 sentyabrdagi 263/3-02-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni joriy etilishi natijasida “Samarqand don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatining tarkibiy elementlari bo‘lgan ishchi schyotlar rejasi takomillashtirilgan, chunonchi ularga innovatsion faoliyatga doir xarajatlar, innovatsion faoliyat bilan bog‘liq kapital qo‘yilmalar va innovatsion faoliyatni maqsadli moliyalashtirish, shuningdek innovatsion faoliyat rezervi uchun mo‘ljallangan yangi schyotlar kiritilgan hamda ularni yuritish tartiblari belgilangan. Bu amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar va ular natijalari to‘g‘risida tizimli axborotlarni olish, shuningdek 1-innovatsion shakli (yillik) “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida” davlat statistika hisobotini to‘ldirish imkoniyatlarini oshishiga, buxgalteriya xizmati xodimlarining ushbu ishlarga ketadigan mehnat sarfini  sezilarli darajada kamayishiga imkon bergan;
pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotning investisiya faoliyati bo‘limining 090-satridagi “Investisiya faoliyatining boshqa pul tushumlari va to‘lovlari” bandini 091-satriga tushirib, 090-satrni “Innovatsion faoliyatning pul tushumlari va to‘lovlari” deb qo‘shimcha kiritish bo‘yicha taklifi “Samarqand don mahsulotlari” AJ boshqaruv raisining 2021 yil 26 yanvardagi 14-son bo‘yrug‘i bilan jamiyat faoliyatiga joriy qilingan. (“Samarqand don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 20 sentyabrdagi 263/3-02-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni aksiyadorlik jamiyatining  pul oqimlari to‘g‘risidagi ichki hisobotiga  kiritilishi innovatsion faoliyatning pul oqimlarini ochib bergan hamda ushbu faoliyat bo‘yicha pul oqimlarini baholash va nazorat  qilishni osonlashtirgan;
korxonalarda innovatsion faollik ko‘rsatkichini yaratilgan innovatsiyalar soniga qarab emas, innovatsion mahsulot, ish va xizmatlar hajmining korxona foydasidagi ulushi bo‘yicha aniqlashtaklifi Navoiy kon-metallurgiya kombinati Bosh direktorining 2018 yil 5 fevraldagi 117-son buyrug‘i hamda “Samarqand don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 2021 yil 26 yanvardagi 14-son bo‘yrug‘i bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati va “Samarqand don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 21 oktyabrdagi 04-01-02/10225-son, “Samarqand don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 20 sentyabrdagi 263/3-02-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif korxonalarda innovatsion faollik ko‘rsatkichlarini uch guruhga: ishlab chiqarish, joriy etish va tarqatish imkoniyatlari bo‘yicha taqsimlangan. Innovatsion faoliyat natijalarini taqsimlash orqali buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlari, ya’ni xarajatlar, sotish va foyda orqali baholash korxonalarning innovatsion faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasini baholash hamda nazoratini kuchaytirishga xizmat qilgan;
innovatsion mahsulot ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqotlar olib boradigan sub’ektlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik o‘rnatilishi natijasida innovatsion mahsulot, ish, xizmatlarning hajmini o‘sishining 2025 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar Navoiy kon-metallurgiya kombinati va “Samarqand don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 21 oktyabrdagi 04-01-02/10225-son ma’lumotnomasi va “Samarqand don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 20 sentyabrdagi 263/3-02-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar korxonalarda innovatsion faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarishda zamonaviy byudjetlashtirish va ekonometrik tahlil usullarini qo‘llash asosida Kombinat bosh direktorining 2018 yil 5 fevraldagi 117-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2026 yilgacha mo‘ljallangan Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi dasturiga kiritilgan innovatsion loyihalarni prognozlashtirishga, ular bo‘yicha ijobiy va salbiy holatlarga baho berish hamda tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish