Ximmatova Guzal Amirkulovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi nomi): ”Qo‘chqor Norqobil nasrida davr va shaxs talqini”, 10.00.02-O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil962. 
Ilmiy rahbar: Xasanov Shavkat Axadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Termiz davlat universiteti. 
Rasmiy opponentlar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Baxodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qo‘chqor Norqobil nasrining badiiy-estetik tabiatini, davr va inson talqinini, urushning inson ruhiyatiga ta’siri masalalarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qo‘chqor Norqobil urush aks etgan qissa, hikoya, kundaliklarida xotira jarohatlari ham yozuvchining poetik uslubiga o‘z ta’sirini o‘tkazganligi sababli asarlar syujetidagi voqealar ko‘pincha xotira, tush, galyusinatsiya shaklida reallashishi ochib berilgan;
adib qahramonlari ichki olamini tasvirlashda tushga katta badiiy-estetik vazifa yuklash orqali personajlar ichki olamidagi evrilishlarning ochib berilishi, xarakterlarning psixologik jihatlari dalillangan;
Qo‘chqor Norqobil qahramonlar ichki dunyosini nafaqat kechinmalar, ruhiy evrilishlar, ziddiyatlar orqali, balki ularning tashqi qiyofasi yuz-ko‘z ifodasi, mimika, imo-ishora, yig‘i, kulgu singari xatti-harakatlar orqali ham mahorat bilan tasvirlashi aniqlangan;
adib ijodini xronologik tarzda kuzatish orqali asardan asarga o‘tgani sari uning nasriy uslubi takomillashib, poetik mahorati sayqallashib borgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘chqor Norqobil nasrida davr va shaxs talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Qo‘chqor Norqobil urush aks etgan qissa, hikoya, kundaliklarida xotira jarohatlari ham yozuvchining poetik uslubiga o‘z ta’sirini o‘tkazganligi sababli asarlar syujetidagi voqealar ko‘pincha xotira, tush, galyusinatsiya shaklida reallashishini yoritishdagi ilmiy natijalardan  F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janr va turlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 20 maydagi 17.01/107-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy nasrning janriy xususiyatlaridan foydalanilgan holda loyiha ishida nazariy umumlashmalar chiqarish imkonini bergan; 
Qo‘chqor Norqobil qahramonlar ichki dunyosini nafaqat kechinmalar, ruhiy evrilishlar, ziddiyatlar orqali, balki ularning tashqi qiyofasi: yuz-ko‘z ifodasi, mimika, imo-ishora, yig‘i, kulgu singari xatti-harakatlar orqali ham mahorat bilan tasvirlashi ochib berilganligiga doir ilmiy natijalardan  FA-F1-0005 raqamli  “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida (2016-2020) foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 20 maydagi 17.01/107-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologizm va poetik mahorat masalalarini aniqlashtirish  imkonini bergan;
bugungi adabiy jarayon muammolari, xususan, Q.Norqobil nasrida urush mavzusining badiiy talqinlari, urushning inson ruhiyatiga ta’siri masalalarini yoritishga doir xulosalaridan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (Surxondaryo teleradiokompaniyasining 2021 yil 16 iyuldagi 01-01/77-son ma’lumotnomasi). Natijada tahlillarning jonli va qiziqarli, hozirgi adabiy jarayon masalalarini ochib berish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish