Xalmuminov Ulug‘bek Raxmatullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ashinaliylar davrida Farg‘ona vodiysi boshqaruv tizimi”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.3.PhD/Tar. 56.01
Ilmiy rahbar: Boboyorov G‘aybulla Bolievich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01. 
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Ablat, tarix fanlari doktori, professor; Yuldashev Saidanvar Baxromjon o‘g‘li, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysining Ashinaliylar sulolasi Turk xoqonligi tomonidan boshqarilishini ko‘chmanchi saltanatlarning o‘troq vohalarni boshqarishda qo‘llagan siyosiy-iqtisodiy usullari va vositalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Farg‘ona vodiysining Ashinaliylar sulolasi G‘arbiy Turk xoqonligi tomonidan o‘troq va ko‘chmanchi elatlarga xos ikki usulda - xoqonlik hukmdor sulolasi vakillari tayinlanishi va tobe mahalliy sulolani saqlash orqali boshqarilgani, bu esa boshqaruvda ko‘chmanchi chorvador va o‘troq dehqon xalqlarga xos an’analar o‘zaro qorishuviga olib kelgani isbotlangan;
Farg‘ona vodiysidagi Ashina xonadonining boshqaruv markazi Koson shahri bo‘lgani, Axsikent, Quva, O‘zgand va Isfara kabi shaharlar esa unga bo‘ysunuvchi hukmdorlik mulkliklarning markazi bo‘lgani va ularni turkiy sulolalar boshqargani aniqlangan;
Farg‘ona vodiysini boshqaruvchi sulola Ashinaliylar (G‘arbiy va Sharqiy Turk xoqonliklari) bilan yaqin siyosiy va harbiy aloqalar o‘rnatgani, xoqonlik qo‘shinlari bilan birga arablarga qarshi kurashib, Sug‘d va To‘xoristongacha etib borishgani isbotlangan;
Ashinaliylar davrida Farg‘ona vodiysida o‘troq va chorvador aholi orasida iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlar jadallashgani Quva, Isfara, Sho‘rabashat  shahar xarobalaridan topilgan turk-run yozuvli bitiklar, tanga-pullar kabi moddiy ashyolar aynan shu jarayonlar mahsuli ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysining ilk o‘rta asrlar davri davlatchilik tarixi va moddiy madaniyatini tadqiq qilish jarayonida erishilgan natijalari asosida:
Farg‘ona vodiysidagi Koson, Axsikent, Quva, O‘zgand va Isfara kabi shaharlari bo‘yicha olingan ilmiy  natijalari 2012-2016 yillarda Tarix institutida bajarilgan F1-FA-0-11986 raqamli “O‘zbekiston shaharlar tarixi: an’analar, urbanizatsiya va transformatsiya jarayonlari (eng qadimdan hozirgacha)” fundamental loyiha va 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F-132 raqamli “O‘zbekiston davlatchiligi tarixi tarixshunosligi: nazariyasi va shakllanishining tarixiy bosqichlari” mavzusidagi fundamental loyihada joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 22 iyundagi 3/1255-1818 – son ma’lumotnomasi). Natijada Ashinaliylar – Turk xoqonligi davrida Farg‘onada yuksak boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu holat aynan shu davrda ilk Farg‘ona tangalari zarb qilingani, ish yuritish va yozishmalarda qadimgi turk va sug‘diy yozuv amalda bo‘lgani kabi omillarda o‘z tasdig‘ini topishi ko‘plab misollar orqali isbotlab berilgan; 
qadimgi va o‘rta asrlar davri arxeologik yodgorliklar va moddiy madaniyatini tadqiq qilish jarayoniga ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” kanalida Farg‘ona vodiysining ilk o‘rta asrlardagi tarixini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali DUKning 2021 yil 28 yanvardagi 02-40-128–son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilik onggida Farg‘ona vodiysining ilk o‘rta asrlar davri, xususan, Ashinaliylar sulolasi – Turk xoqonligi davri moddiy madaniyati va o‘sha davr davlatchilik tarixi to‘g‘risida tushunchalar hosil bo‘lishida asos bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish