Sodiqov Furqat Fatulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston SSRda mahalliy boshqaruv idoralari faoliyati (1917-1938 yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.4.PhD/Tar335.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Murtazaeva Rahbarxon Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor; Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston SSRda 1917-1938 yillarda mahalliy boshqaruv idoralari tarixini va davlat siyosiy tizimidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkiston ASSRda sovet hokimiyati o‘rnatilgach, mahalliy boshqaruv idoralarini tashkil etish, ularda xizmat qiladigan kadrlarni tanlash, faoliyatini nazorat qilish va xalqni sovet rejimi g‘oyalariga ergashtirish uchun harbiy va fuqarolik boshqaruvining keng vakolatlariga ega bo‘lgan inqilobiy qo‘mitalar va qishloq aholisining kambag‘al qatlami bilan ishlashga yo‘naltirilgan “Qishloq kambag‘allari qo‘mitalari”dan foydalanganligi dalillangan;
XXSR va BXSRda mahalliy boshqaruv idoralarining shakllanishi ikkita tarixiy bosqichga bo‘linib, dastlabki bosqich 1920 - 1923 yillarni o‘z ichiga olib, unda XXSR va BXSRda mahalliy boshqaruvning an’anaviy shakllari, maschitqavmlar va qishloq jamoasining umumiy yig‘ilishi va ularni boshqaradigan oqsoqollar institutining saqlanib qolingani, mahalliy boshqaruv idoralarida o‘tkaziladigan saylovlarda savdogar, xususiy mulk vakillari va tadbirkorlarning ishtirok etishi, ikkinchi bosqich 1923-1924 yillarda mahalliy boshqaruv idoralari to‘liq sovetlashtirilishi, oqsoqollik institutining o‘rniga qishloq soveti raisi lavozimi joriy etilishi, mahalliy boshqaruv idoralarida o‘tkaziladigan saylovlarda birinchi bosqichda ko‘rsatilgan toifalarning ishtirok etilishiga yo‘l qo‘yilmaganligi aniqlangan;
O‘zbekiston SSRda yirik er egalarining erlarini davlat tasarrufiga o‘tkazish va ularni dehqon va batraklarga bo‘lib berish oqibatida qishloqlarda sinfiy kurashning avj olishini keltirib chiqargan er-suv islohotining o‘tkazilishi, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini ta’minlash va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan harakatning amalga oshirilishi mahalliy boshqaruv idoralarining shakllanishi va faoliyatiga ta’sir qilgan asosiy omillar ekanligi ochib berilgan;
qishloq sovetlarida rus tilini biladigan kadrlarning etishmasligi va ularning iqtisodiy jihatdan etarlicha ta’minlanmaganligi natijasida, O‘zbekiston SSR mahalliy boshqaruv tizimida ushbu idora eng og‘ir ahvolga tushib qolishiga sabab bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston SSRda mahalliy boshqaruv idoralarining shakllanishi va faoliyatiga ta’sir qilgan turli omillar, sovet tuzumiga qarshi qurolli harakatning olib borilishi, Turkiston mintaqasida ocharchilikning avj olishi, O‘zbekiston SSRda er-suv islohotining o‘tkazilishi, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Hujum” harakatining amalga oshirilishi kabi ilmiy xulosalardan Fanlar Akademiyasi Tarix instituti tomonidan tayyorlangan ikki jildlik “O‘zbekiston tarixi (1917-1991 yillar)” nomli fundamental tadqiqotda monografiyada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 10 fevraldagi 3/1255-407-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tadqiqot jamiyatda insonlar ongida real tarixiy haqiqat va tafakkurni shakllantirishga manba sifatida xizmat qilgan;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston tarixi” telekanali “Tarixiy savol” ko‘rsatuvini tayyorlashda tadqiqotdagi ilmiy-nazariy xulosalar, jumladan, O‘zbekiston SSRda mahalliy boshqaruv idoralarining shakllanishi, uning huquqiy asosi bo‘lgan Konstitusiyalarining mazmun-mohiyati, saylov tizimi, ushbu tizimdagi muammo va kamchiliklarga oid ma’lumotlardan foydalanilgan (“Oʻzbekiston tarixi” DUKning 2020 yil 14 yanvardagi 02-40-113-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston SSR mahalliy boshqaruv idoralari shakllanishi va faoliyati bo‘yicha keng jamoatchilikni yaqindan xabardor bo‘lishi uchun ilmiy asos bo‘lgan.