Sayt test rejimida ishlamoqda

Gabdulxakova Rasima Faridovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Rus tili o‘rgatish jarayonida umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped 952. 
Ilmiy rahbar: Axmedova Layloxon Tolibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Asilova Gulshan Asadovna; pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Saydaliev Saidumar Saydalievich.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus tili o‘rgatish jarayonida umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning verbal hamda noverbal muloqot qilish jarayonida lingvistik, fonetik, leksik, orfografik va kommunikativlikga yo‘naltirilgan mashqlarni bajarish asosida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning dinamikli jihati pedagogik hamda psixologik integrativligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
davlat ta’lim standartida belgilangan kommunikativ kompetentlikning subkomponentlari lingvistik kompetensiya, nutq kompetensiyasi, disskussiv kompetensiya, pragmatik kompetensiya, ijtimoiy madaniy kompetensiya, strategik kompetensiyalarning intensivligi asosida umumiy o‘rta ta’lim yuqori sinf o‘quvchilarini kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning shaxsga yo‘naltirilgan va kognitiv yondashuvlarga asoslangan funksional modeli takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda rus va o‘zbek tillarini lingvodidaktik va kommunikativ nuqtai nazardan qiyoslash asosida transpozisiya va interferensiya hodisalarining sodir bo‘lish hollarini aniqlash usullariga ustuvorlik berish asosida lingvodidaktik va kommunikativ kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda kompetensiyaviy, akmeologik va shaxsga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda «Muloqot zavqi», «Nobel mukofoti sovrindorlari», «Intonatsiyalar», «Suhbat» kabi usul va texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmini tadbiq etish samaradorligi asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus tili o‘rgatish jarayonida umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish mavzusi davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
ilmiy-metodik adabiyotlarni o‘rganish asosida yuqori sinf o‘quvchilarining rus tilidagi kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalarini umumpedagogik talablar bilan nazariy asoslash va amaliy ishlab chiqish zarurati aniqlangan va o‘quv dasturlari va darsliklarda rus tilini o‘qitish maqsadi va mazmunini kommunikativ kompetentlikni rivojlantirib borishda interfaol texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan o‘quvchilarning rus tilidagi kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari mazmunli-komponentli optimallashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan yuqori sinf o‘quvchilari uchun «Rus tili» fani Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 oktyabrdagi 89-03-4176-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning kommunikativ kompentensiyasini rivojlantirish jarayonida muallimlarning zamonaviy yondashuv imkoniyatlari kengaytirildi;
kommunikatsiya jarayonida rus va o‘zbek tillarini lingvodidaktik va kommunikativ nuqtai nazardan qiyoslash asosida ijobiy ko‘chish va salbiy ta’sir hodisalarining sodir bo‘lish hollarini bashorat qilish imkoniyatlarini aniqlashga oid amaliy takliflaridan O‘zbekiston teleradiokanali «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharriyatining «Bolalar uchun», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» nomli eshittirishlar ssenariysida foydalanilgan va efirga uzatilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 iyuldagi 04-25-1183-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy asoslangan va amaliy ishlab chiqilgan kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish modelining qo‘llanish auditoriyasi kengaytirildi;
yuqori sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda kompetensiyaviy, akmeologik va shaxsga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda «Muloqot zavqi», «Nobel mukofoti sovrindorlari», «Intonatsiyalar», «Suhbat»  kabi usul va texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan ta’lim samaradorligini ta’minlash mexanizmi ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalaridan muallif tomonidan tayyorlangan o‘zbekzabon umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan «Muloqot zavqi» nomli texnologiyasi tayyorlangan (Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining 2021 yil 28 apreldagi 35/28-21-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘kuvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishda texnologiyadan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish