Sayt test rejimida ishlamoqda

Ernazarova Gulnoza Murodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili mineralogiya terminlarining lingvistik tadqiqi”, 10.00.01-O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil795.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ahmedova Nargiza Shixnazarovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot:  Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi mineralogiya terminlarining leksik-semantik, kognitiv, struktur-derivatsion va lingvopoetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili mineralogiya terminlarida sinonimiyaning yuzaga kelishi uni kashf etgan kishilar nomi bilan atalishi, turli xossalariga ko‘ra nomlanishi, mineralogiyaga oid mavjud bilimlarning takomillashuvi yoki inson tomonidan qayta anglanishi natijasida yangi terminlarning hosil bo‘lishi aniqlangan;
o‘zbek tili mineralogiya terminologiyasining o‘z qatlami o‘zbekcha va umumturkiy terminlardan, o‘zlashma qatlam esa arab, fors-tojik, rus tili va rus tili orqali yunon-grek, lotin, fransuz, nemis va boshqa Evropa tillaridan  o‘zlashgan terminlardan tarkib topganligi ochib berilgan;
badiiy matnlarda mineralogiya terminlari bilan hosil qilingan  metaforalar muhim tasviriy vosita bo‘lib qolmasdan, nutqni bezash, his-tuyg‘uni, fikrni obrazli ifodalash vositasi darajasiga ko‘tarilishi dalillangan;
badiiy matnga metaforik ma’nolarda qo‘llangan mineralogiya terminlarini kiritish orqali tasvir ob’ektiga mos ravishda bebaho so‘z, nasl-nasab, mazmun-mohiyat, turli-tuman rang, beg‘uborlik, musaffolik kabi poetik tasvir yaratilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili mineralogiya terminlarining lingvistik tadqiqi masallarini yoritish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tili mineralogiya terminologiyasining o‘z qatlami o‘zbekcha va umumturkiy terminlardan, o‘zlashma qatlam esa arab, fors-tojik, rus tili va rus tili orqali yunon-grek, lotin, fransuz, nemis va boshqa Evropa tillaridan  o‘zlashgan terminlardan tarkib topganligiga doir ilmiy xulosalaridan FA-F1-GOOZ raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 aprelidagi 1701/42-son ma’lumotnomasi). Natijada  mineralogiya terminlarining  diaxron va sinxron shakllari, qaysi tildan kelib chiqqanligini aniqlashga  doir ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
mineralogiya terminlarida sinonimiyaning yuzaga kelishi uni kashf etgan kishilar nomi bilan atalishi, turli xossalariga ko‘ra nomlanishi, mineralogiyaga oid mavjud bilimlarning takomillashuvi yoki inson tomonidan qayta anglanishi natijasida yangi terminlarning hosil bo‘lishi aniqlanganligiga doir xulosalaridan FA-F1-GOOZ raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 aprelidagi 1701/42-son ma’lumotnomasi). Natijada mineralogiya ilmiy terminologiyasini takomillashtirish orqali  o‘tmishda qo‘llangan boy materiallarga murojaat qilish va lisoniy jihatdan o‘rganish zarurligi haqidagi  xulosalarni boyitish imkonini bergan;  
badiiy matnga metaforik ma’nolarda qo‘llangan mineralogiya terminlarini kiritish orqali tasvir ob’ektiga mos ravishda bebaho so‘z, nasl-nasab, mazmun-mohiyat, turli-tuman rang, beg‘uborlik, musaffolik kabi poetik tasvir yaratish xususidagi ilmiy xulosalardan Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 22 mart 01-02/95-son ma’lumotnomasi). Natijada inson hayotida muhim o‘rin tutgan va sanoatning turli sohalarida asosiy material sifatida ishlatiluvchi minerallar, ularni ifodalovchi birliklarning adabiy til rivojidagi o‘rni xususidagi zamonaviy qarashlarni ommalashtirishga xizmat qilishi hamda ilmiy ahamiyatini oshirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish