Toshtemirov Otabek Abidovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasasi talabalarining jismoniy madaniyatini takomillashtirishning zamonaviy ilmiy–pedagogik asoslari” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1297.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning jismoniy madaniyatini rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar jismoniy madaniyatini rivojlantirishning aksiopedagogik jarayonlari internal motivatsiyani qaror toptirishga yo‘naltirilgan shaxsiy akme va o‘z-o‘zini odatlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bilan adaptiv aloqadorligi reproduktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda jismoniy madaniyatni takomillashtirishning motivatsion, faoliyatga doir va aksiologik mezonlari o‘z-o‘zini rivojlantirishning ichki anglanganligi, tashqi salbiy ta’sirlarga chidamlilik ko‘rsatkichlarining empirik darajasi barqarorligini salomatlikni mustahkamlash texnologiyalarining ommabopligi va qulayliligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda jismoniy madaniyatni takomillashtirish modelining konseptual-mazmunli komponenti kompleks omillar ta’sirini uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy jarayonning uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi bilan vertikal integratsiyasini bo‘sh vaqtni maqbul tashkil etish texnologiyasi natijaviyligining dinamikligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiyaning «muntazamlilik prinsipi» asosida talabalar jismoniy madaniyatini rivojlantirishning jamiyat ehtiyojlari bilan akkomodatsiyasini ta’minlashning pedagogik shartlari o‘z-o‘zini tarbiyalash, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, irodaviylik, intizomlilik sifatlarini shakllantirishning shaxsga yo‘naltirilgan monitoringiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi talabalarining jismoniy madaniyatini takomillashtirishning zamonaviy ilmiy-pedagogik asoslariga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning jismoniy tarbiyasini tashkil etishning aksiopedagogik jarayonlarini jismoniy kamolotga qadriyatli munosabatni tarkib toptirish, internal motivatsiyani qaror toptirishga yo‘naltirilgan shaxsiy akmeni odatlanish va o‘z-o‘zini odatlantirish bilan aloqadorligini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalardan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Farg‘ona filialining 2019 yil 23 dekabrdagi U-66-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 02-07-08-2214-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy madaniyatni rivojlantirishga zamonaviy yondashuvlar asosida mutaxassislarni tayyorlash dasturlari mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
talabalarda jismoniy madaniyatni takomillashtirishning motivatsion, faoliyatga doir va aksiologik mezonlarini aniqlashtirish, sog‘lom turmush madaniyatiga qadriyatli yo‘nalganlik, o‘z-o‘zini rivojlantirishning ichki anglanganligi, tashqi salbiy ta’sirlarga chidamlilik ko‘rsatkichlarining empirik darajasi barqarorligini hisobga olishga doir takliflar va integrativ yondashuv asosida talabalarda jismoniy madaniyatni takomillashtirish modelidan A-1-099. «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 89-03-3005-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolik madaniyatini takomillashtirish orqali talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishga erishilgan;
jismoniy tarbiyaning «muntazamlilik prinsipi» asosida talabalar jismoniy imkoniyatlarini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlarni tashkil etish, amaliy faoliyatda mutaxassis jismoniy madaniyatining fundamental asosi sifatida kuchli jismoniy iroda bilan aloqador talabalarning jismoniy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shartlarini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limining «Oliy ta’lim tizimida yoshlarning sog‘lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatini yuksaltirishning yangicha innovatsion texnologiyalari» mavzusidagi targ‘ibot tadbiri metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining (2020 yil 13 noyabrdagi 02/07-972-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning jismoniy madaniyatini yuksaltirishga doir tadbirlarning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan.