Sayt test rejimida ishlamoqda

Ruzieva Zilola Mustafaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Rus tilidagi tugallanganlik va tugallanmaganlik fe’l kategoriyasining o‘zbek tilida ro‘yobga chiqishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil605.
Dissertatsiya bajarilgan muassssa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Saparova Qunduz Otaboevna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02,
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Daniyar Taxirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Cho‘ponov Otanazar Otajonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus tilida tugallangan (sovershenniy) va tugallanmagan (nesovershenniy) vid(tur)laridagi juftlangan/juftlanmagan fe’llarning semantik va grammatik xususiyatlari hamda ularning o‘zbek tilida ifodalanish usullarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paradigmatika va fe’l shakllarining birikishini belgilovchi rus fe’lining vid (tur) kategoriyasi harakatning ichki temporal tuzilishi, uning sub’ekt va ob’ektga bo‘lgan munosabati bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
o‘zbek tilida harakatning to‘liqligi yoki davomiyligini ifoda etuvchi yordamchi fe’llarning rus tilidagi (sovershenniy va nesovershenniy vid) turni tashkil etuvchi formantlar nomuvofiqligi isbotlangan;
rus tilida juftlangan (sovershenniy / nesovershenniy vidlari) va juftlanmagan (ikki vidga ega va bir vidga ega) fe’llarning birikishi, paradigma tarkibi va negiz tuzilishi bilan farq qiluvchi vid ma’nolari aniqlanib, ularning o‘zbek tilida ro‘yobga chiqish usullari asoslangan;
o‘zbek tilida vid kategoriyasining semantikasi, analitik va sintetik shakllar bilan ifodalanishi, harakat bajarilishining turli ma’nolarini aks ettiruvchi tarkibiy fe’llarning keng rivojlanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. Rus tilidagi tugallanganlik va tugallanmaganlik fe’l kategoriyasi va uning o‘zbek tilida ro‘yobga chiqishi bo‘yicha tadqiqotdagi nazariy takliflar, amaliy tavsiyalar va xulosalar asosida:
rus tilidagi tugallanganlik va tugallanmaganlik fe’l kategoriyasining uzbek tilida ruyobga chikishi asoslangan va fe’l shakllari kursatilgan; o‘zbek tilida vid kategoriyasining semantikasi, analitik va sintetik shakllar bilan ifodalanishi, o‘zbek tilida zamonda harakatning borishi, chegarasi va natijasini ifodalovchi zamon shakllarining kompensatsion tizimi, rus tilida juftlangan (sovershenniy / nesovershenniy vidlari) va juftlanmagan (ikki vidga ega va bir vidga ega) fe’llarning ma’nolari va ularning o‘zbek tilida ro‘yobga chiqish usullari, o‘zbek tilida harakatning to‘liqligi yoki davomiyligini ifoda etuvchi yordamchi fe’llarning rus tilidagi (sovershenniy va nesovershenniy vid) turni tashkil etuvchi formantlar nomuvofiqligi bo‘yicha xulosalar va ilmiy yangiliklardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoqiston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish“ mavzuidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoqiston filiali 2021 yil 23 iyuldagi 157-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi til o‘qitishning tahlili va izohlari mukammalashgan;
o‘zbek tilida vid kategoriyasining semantikasi, analitik va sintetik shakllar bilan ifodalanishi, harakat bajarilishining turli ma’nolarini aks ettiruvchi tarkibiy fe’llarning keng rivojlanishi tavsiflanganligi;   hzbek tilida vid kategoriyasi yuqligi sababli zamonda harakatning borishi, chegarasi va natijasini ifodalovchi zamon shakllarining kompensatsion tizimi, o‘zbek tilida harakatning to‘liqligi yoki davomiyligini ifoda etuvchi yordamchi fe’llarning rus tilidagi (sovershenniy va nesovershenniy vid) turni tashkil etuvchi formantlar nomuvofiqligi kabi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar va ilmiy ma’lumotlardan Xorazm Ma’mun akademiyasida 2017 yilda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 martdagi 49-bayoni asosida xo‘jalik shartnomasi asosida amalga oshirilgan A-FA-2017-5 raqamli “Mahmud Zamaxshariyning “Muqaddimatu-l-adab” asarini tarjima qilish va chop qilish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Xorazm Ma’mun Akademiyasi 2021 yil 14 sentyabrdagi 265/1-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, asar tarjimasi mazmuni turli tizimli (rus va o‘zbek) tillardagi fe’llarning vid kategoriyasi borasidagi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan; 
rus fe’lining vid (tur) kategoriyasi xarakatning ichki temporal tuzilishi, uning sub’ekt va ob’ektga bulgan munosabati bilan uzaro boglikligi, turkiy tillarda, jumladan uzbek tilida vid kategoriyasi yukdigi sababli zamonda xarakatning borishi, chegarasi va natijasini ifodalovchi zamon shakllarining kompensatsion tizimi, xarakatning tulikligi yoki davomiyligini ifoda etuvchi yordamchi fe’llarning rus tilidagi (sovershenniy va nesovershenniy vid) turni tashkil etuvchi formantlar nomuvofikligi, rus tilida juftlangan (sovershenniy / nesovershenniy vidlar) va juftlanmagan (ikki vidga ega va bir vidga ega) fe’llarning birikishi, paradigma tarkibi va negiz tuzilishi bilan fark kiluvchi vid ma’nolari xamda ularni uzbek tilida ruyobga chikish usullari tugrisidagi amaliy taklif, xulosa va materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadkikot institutida 2012-2016 yillarda amalga oshirilgan FA-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» fundamental ilmiy loyixasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadkikot instituti 2021 yil 29 noyabrdagi 367/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi qorakalpoq tilida funksional so‘z yasalishi izohlari ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
rus fe’lining vid (tur) kategoriyasi harakatning ichki temporal tuzilishi, uning sub’ekt va ob’ektga bo‘lgan munosabati bilan o‘zaro bog‘liqligi, o‘zbek tilida vid kategoriyasining semantikasi, o‘zbek tilida vid kategoriyasi yuqligi sababli zamonda harakatning borishi, chegarasi va natijasini ifodalovchi zamon shakllarining kompensatsion tizimi, o‘zbek tilida harakatning to‘liqligi yoki davomiyligini ifoda etuvchi yordamchi fe’llarning rus tilidagi (sovershenniy va nesovershenniy vid) turni tashkil etuvchi formantlar nomuvofiqligi, rus tilida juftlangan (sovershenniy / nesovershenniy vidlari) va juftlanmagan (ikki vidga ega va bir vidga ega) fe’llarning birikishi, paradigma tarkibi va negiz tuzilishi bilan farq qiluvchi vid ma’nolari hamda ularni o‘zbek tilida ro‘yobga chiqish usullari to‘g‘risidagi amaliy taklif, xulosa va materiallardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bajarilgan № ITD-1, A-1-209 «Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi (ingliz tili) bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish» mavzuidagi amaliy loyiha doirasida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti 2021 yil 12 iyuldagi 14 1/544-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar mazmuni turli tizimli (rus va o‘zbek) tillardagi fe’llarning vid kategoriyasi borasidagi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
tugallanganlik va tugallanmaganlik fe’l kategoriyasi (vid)ning leksik va grammatik kategoriyalar tizimidagi o‘rni, uning semantikasini o‘zbek tilida ifodalash, vid kategoriyasi yukligi sababli o‘zbek tilida harakatning borishi, natijasini ifodalovchi zamon kompensatsion tizimi, o‘zbek tilidagi tugallik va davomlilik ma’nosini ifodalovchi ko‘makchi fe’llar bilan rus tilidagi sovershenniy va nesovershenniy vidni hosil qiluvchi formantlar kabi tushunchalarning tenglashtirnb bo‘lmasligi singari fikr-mulohazalari va taklif-tavsiyalaridan  Navoiy viloyati Milliy teleradiokompaniyasi “Diyor 24”, “Ta’lim isloxoti” nomli maxsus ko‘rsatuvlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi Navoiy viloyati Milliy teleradiokompaniyasi 2021 yil 13 iyuldagi 01-02/76-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyasidagi turli tizimli (rus va o‘zbek) tillardagi turlar kategoriyasining o‘ziga xos xususiyatlariga doir ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalar keng jamoatchilikka transformatsiyalash maqsad qilib olingan va maksadga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish