Sayt test rejimida ishlamoqda

Sattorova Mohira Aminqulovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim klasteri muhitida ijtimoiy yo‘nalish talabalarining inklyuziv tayyorgarligini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1292. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. 
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Ulfat Ilhomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori. 
Etakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim klasteri muhitida oliy ta’lim muassasalari ijtimoiy yo‘nalish talabalarining inklyuziv tayyorgarligini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ijtimoiy yo‘nalish talabalarining inklyuziv tayyorgarligini ta’lim klasteri muhitida rivojlantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari insonparvarlik, huquqiy tendensiyalar hamda inklyuziv ta’limning kommunikativ, konstruktiv, tashkiliy, refleksiv komponentlarini oliy ta’lim amaliyotiga progressiv moslashtirish asosida aniqlangan;
bo‘lajak ijtimoiy yo‘nalish mutaxassislarini inklyuziv ta’limga tayyorlash texnologiyalari muammoli, loyihaviy, ishbilarmonlik, tolerantlik, shaxsga yo‘nalganlik, qadriyatlilik tamoyillari hamda talabalarni imkoniyati cheklangan bolalarga kompleks ta’sirni variativ qo‘llash jarayoniga tayyorlashning tashkiliy-metodik talablari asosida takomillashtirilgan; 
ijtimoiy yo‘nalish talabalarida inklyuziv tayyorgarlikni rivojlantirishning didaktik modeli ta’lim oluvchilarda kasbiy potensial imkoniyatlarni rivojlantiruvchi maqsadli, motivatsion, mazmunli, texnologik jarayon bosqichlarini imkoniyati cheklangan bolalarda hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan didaktik ta’minot muhitida integrativ tashkil etish asosida rivojlantirilgan; 
bo‘lajak ijtimoiy yo‘nalish mutaxassislarining inklyuziv tayyorgarlik darajalarini baholash mezonlari ta’lim klasteri sub’ektlari manfaatlari inobatga olingan ijtimoiy faoliyat traektoriyasiga differensial ishlash kompetensiya elementlarini intensiv rivojlantirishga qaratilgan kasbiy-amaliy topshiriqlarni konsentrik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ta’lim klasteri muhitida ijtimoiy yo‘nalish talabalarining inklyuziv tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ijtimoiy yo‘nalish talabalarining inklyuziv tayyorgarligini ta’lim klasteri muhitida rivojlantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlarini milliy va xorijiy tendensiyalar asosida aniqlash va ilg‘or tajribalarni oliy ta’lim amaliyotiga progressiv moslashtirishga oid takliflaridan “Pedagogik mahorat’’ nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25-dekabrdagi 538-son buyrug‘i). Natijada ijtimoiy yo‘nalish talabalarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning metodik ta’minoti takomillashtirilgan; 
bo‘lajak ijtimoiy yo‘nalish mutaxassislarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning muammoli, loyihaviy, ishbilarmonlik, tolerantlik, shaxsga yo‘nalganlik, qadriyatlilik tamoyillariga asoslangan texnologiyalarini amaliyotga joriy etishga oid tavsiyalari  OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021yy) mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2021 yil 3 dekabrdagi 02-2000-2005-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kasbiy amaliyotga motivatsion, psixologik, tashkiliy-pedagogik tayyorgarligini maqsadli va manzilli rivojlantiruvchi imitatsion muhitni tashkil etishning mazmuni hamda shakllaridan foydalinish imkoniyati yaratilgan;
ijtimoiy yo‘nalish talabalarida kasbiy potensial imkoniyatlarni rivojlantiruvchi maqsadli, motivatsion, mazmunli, texnologik jarayon bosqichlariga asoslangan modelini joriy etishga oid takliflari asosida OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021yy) mavzusidagi amaliy loyihaning mazmuniy komponenti ishlab chiqilgan (Jizzax politexnika institutining 2021 yil 3 dekabrdagi 02-2000-2005-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarini inklyuziv tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan blok-tuzilmalar mazmunini amaliyotga bog‘liq ravishda ishlab chiqishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish