Sayt test rejimida ishlamoqda

Cho‘liev Jamshid Ro‘ziboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «α-Aminonitrilar sintezi va ularni kimyoviy tarkibi asosida sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/K258.
Ilmiy rahbarlar: Kodirov Abduaxad Abduraximovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent; Mamaraxmonov Muxamatdin Xomidovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Vaxidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Axmadaliev Maxamadjon Axmadalievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: α-aminonitrillar va ular hosilalarini sintezlash hamda ularni kimyoviy tarkibi asosida sinflash bo‘yicha yangi tovar kodlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor alifatik aminlar bilan reaksiyalari olib borilib, N,N-dimetilaminobenzal`degidsiangidrin sintez qilingan;
N,N-bis(α-sianizopropil)etilendiamin molekulasining kristall tuzilishi rentgen analiz usulida aniqlanib, uning TIF TN bo‘yicha kod raqami ishlab chiqilgan;
N,N-bis(α-sianizopropil)etilendiaminni turli reaksion muhitda kislota angidridlari bilan ta’sirlashganda reaksiya sharoiti hamda angidridlarning tuzilishiga qarab mono- yoki bis atsil hamda benzoil maxsulotlari hosil bo‘lishi aniqlangan;
N,N-dimetilamino-bis(α-sianbenzil)etilendiaminlar va uning yangi hosilalari sintez qilishning samarali usuli aniqlangan;
ilk bor α-aminonitrillar qatorida molekulasida farmakofor guruh tutgan o‘simliklarni o‘stiruvchanlik xossasiga ega bo‘lgan biologik faol modda sintezi va uning o‘stiruvchanlik xususiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
α-Aminonitrillar va ularning ayrim hosilalarining samarali sintez usullari, modifikatsiyasi va biologik xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metallar korroziyasini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi α-aminonitrillar va ular hosilalari “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJning 2019 yil 22 maydagi 688/GK-19-05 ma’lumotnomasi). Natijada, N,N'-bis-(α-sianizopropil) etilendiamin birikmasi metall konstruksiyalari va qurilmalarining eksplutatsion muddatlarini bir necha marta oshirish imkonini bergan;
α-aminonitrillar va ularning ayrim hosilalarining samarali sintez usullarini, modifikatsiyasidan №IOT-2016-21 «α-Aminonitrillar asosida yuqori samarali biologik faol birikmalar sintezi» mavzusidagi innovatsion loyihasida yangi α-aminonitrillar va ularning hosilalaridan biologik faol moddalar sintez qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi 89-03-2434-1330-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologik faolligi bo‘yicha g‘o‘za ekinining hosilini 5-7 s/ga oshirish imkonini bergan;
sintez qilingan yangi biologik faol birikma kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha sinflanib, “N,N'-bis-(α-sianizopropil) etilendiamin va hosilalari” uchun – 2926 90 980 1 yangi kod raqami davlat bojxona qo‘mitasining «2022 yil amaliyotga joriy etish ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 7 yanvardagi 1/16-005-son ma’lumotnomasi). Natijada, eksport va import qilinadigan biostimulyatorlarni to‘g‘ri tasniflash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish