Sayt test rejimida ishlamoqda

Xadjibaev Diyor Asadullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Changi koni glaukonitini modifikatsiyalab adsorbent olish va sanoat texnik suvlarini tozalash texnologiyasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2232.
Ilmiy rahbar: Erkabaev Furqat Ilyasovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor; Ochilov G‘olib Mamayunusovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatidagi “Changi” koni glaukonitini modifikatsiyalash asosida olingan adsorbent yordamida turli sanoat korxonalari texnik va oqova suvlarini yumshatish va tozalash texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
glaukonit xomashyosini gravitatsion boyitish jarayonida peptizatorlarning turidan qat’iy nazar 1-1,2% peptizator qo‘shilganda glaukonit minerali tarkibidagi gilli qo‘shimchalar samarali tozalanishi aniqlangan;
Changi koni glaukonitini gomogenizatsiya qilish asosida donadorlashgan adsorbent olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
granulalangan glaukonitni termik faollashtirishning maqbul haroratining mustahkamligiga ta’siri aniqlangan;
glaukonit namunasi avval 20 % li NSl eritmasida 2 soat davomida qayta ishlanib, so‘ngra 10 % li NaCl eritmasida 1 soat davomida qayta ishlanganda adsorbsion hajm 1,8-2,1 marta oshishi aniqlangan;
glaukonitli sorbsion materiallarda og‘ir metallar kationlari quyidagi ketma-ketlikda Cr6+<Fe2+<Ni2+<Cu2+ yutilishi va bunda sorbsion material namunalaridagi kationlarning maksimal adsorbsiyasi Cr6+ va Fe2+da, shuningdek Ni2+ va Cu2+ da bir-biriga yaqinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Sanoat korxonalari texnik va oqova suvlarini qayta ishlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnik suvlarni tabiiy minerallardan olingan modifikatsiyalangan glaukonit asosida yumshatish texnologiyasi «Jizzax plastmassa» AJ ishlab chiqarish korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 14 yanvardagi 03-02/8-117-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxona texnik suvlari qayta ishlanib, o‘rnatilgan talablarga javob beradigan texnologik aylanma suv olindi va yiliga 20 000 m3 ichimlik suvi tejalishi imkonini bergan;
sanoat chiqindi suvlari tarkibidan ajratib olingan xrom (III) oksidini xrom pigmenti sifatida qo‘llash «ART GLOSS GALLERY» MChJ QKning «2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan («ART GLOSS GALLERY» MChJ QKning 2021 yil 03 dekabrdagi 12/II 2021-3-son ma’lumotnomasi). Natijada, chetdan keltiriladigan xrom pigmenti o‘rnini bosuvchi pigment olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish