Babaev Aziz Galibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Razrabotka texnologii obrabotki vodi ozonom metodom elektrodispergirovaniya”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy  rahbar: Muzafarov Shavkat Mansurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Ashiraf, texnika fanlari doktori, professor; Bayzakov Taxir Mirzanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Ozon elektrosintez jarayonining energiya samaradorligini oshirish usulini ishlab chiqish va ichimlik suvini elektrodispersiya usuli bilan uzluksiz zararsizlantirish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gazrazryadli past haroratli plazma yordamida ozonning elektrosintezi jarayonining energiya xususiyatlarini oshirish usuli ishlab chiqilgan;
davriy yuqori kuchlanishli impul`slardan foydalanilganda dielektrik to‘siq qizib ketmasligi va havoni harorati ozonni sintez jarayoniga ta’sir qilmasligi aniqlangan;
kuchaytiruvchi transformator tomonidan iste’mol qilinadigan quvvat 10 Vt bo‘lsa, tebranish pallasida taxminan 80 Vt quvvatga aylanishi natijasida ozonni ozon generatorida avval ul`trabinafsha nurlanish zonasida, keyin past haroratli plazma zonasida sintez qilish aniqlangan;
ichimlik suvini zararsizlantirishning elektrodispersiya usulida ozon bilan uzluksiz ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektrodispersiya usuli bilan suvga ozon bilan ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suvga ozon bilan elektrodispersiya usulida ishlov berish texnologiyasi Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi «Toshkent suv ta’minoti» MChJda joriy etilgan («O‘zsuvta’minot» AJ 2021 yil 28 iyuldagi 6/9 – 2035 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada ichimlik suvini zararsizlantirishda ishlov berish vaqti va takrorlanishlarini sezilarli darajada kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
elektrodispersiya usulida suvga ozon bilan ishlov berish inshooti Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi «Toshkent suv ta’minoti» MChJda joriy etilgan («O‘zsuvta’minot» AJ 2021 yil 28 iyuldagi 6/9 – 2035 – sonli ma’lumotnoma). Natijada ichimlik suvini zararsizlantirishda ketadigan energiya va materiallar sarfini kamaytirish, tozalangan suvning sanitariya – bakteriologik holatini yaxshilash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish