Utenbaeva Gul`jazira Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda rus tilini o‘qitishda bo‘lajak harbiy psixologlarning strategik kompetensiyasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1571.
Ilmiy rahbar: Mamatkulov Xurshid Abdurashidovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdunazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaev Elmirza Temirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi rus tilini o‘rgatishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bo‘lajak harbiy psixologlarning strategik kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus tilini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv jarayonida yangi leksikani tizimli va kompleks ravishda sharhlash, tasviriy materiallardan polifunksional ravishda keng foydalanish, ko‘rgazmali elektron ta’lim vositalarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish ta’limiga oid “metafreym” psixologik-pedagogik uslubi ishlab chiqilgan;
rus tilini o‘qitishda bo‘lajak harbiy psixologlarning “ma’lumotni qabul qilish” va “o‘zlashtirish” komponentlaridan iborat strategik kompetensiyasi modeliga “tarqatish” komponentini kiritish orqali tushunish, xotirada saqlash va proaktiv sintez mexanizmlarining samaradorligining ortishiga erishilgan;
rus tilini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv jarayonida bo‘lajak harbiy psixologlarning kasbi uchun dolzarb bo‘ladigan muammoli o‘quv-nutqli vaziyatlarni yaratish, semiotik jadvallar, sxemalardan faol foydalanish, maxsus fanlardan ma’ruza-suhbatlarni eshitish uchun so‘zlashuv nutqi elementlaridan iborat matnlarni modellashtirish ehtiyojlariga oid “reymprinting” psixologik-pedagogik uslubi ishlab chiqilgan;
bo‘lajak harbiy psixologlar tomonidan o‘quv materiallarni o‘zlashtirish jarayonida vazifalarni aniq belgilash, vaqt va resurslarni boshqarish, bilimlarni taqqoslash, leksik matn va audio mashqlarni tushunish, yodlash, amaliyotda qo‘llash, leksik progressni kuzatish, muayyan vaqt ichida bilimlarni o‘zlashtirish uchun vaziyatni va til imkoniyatlarini etarli darajada baholash, mutaxassislik tiliga oid so‘zlarni va terminlarni yodlash va amaliyotda qo‘llash, til bo‘yicha strategiyalarni to‘g‘ri shakllantirish mexanizmlaridan iborat “SMARTEF” ijodiy topshiriqlar majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak harbiy psixologlarning rus tilini o‘qitishda strategik kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagilar joriy etilgan:
rus tilini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv jarayonida yangi leksikani tizimli va kompleks ravishda sharhlash, tasviriy materiallardan polifunksional ravishda keng foydalanish, ko‘rgazmali elektron ta’lim vositalarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish ta’limiga oid “metafreym” psixologik-pedagogik uslubini qo‘llash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlarning o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2021 yil 30 oktyabrdagi 9551-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2021 yil 11 sentyabrdagi 22/3-2495-son ma’lumotnomalari). Natijada bo‘lajak harbiy psixologlarni o‘qitishda o‘qituvchi tomonidan materialning tilga oid rasmiylashtirilishiga maksimal kirishni ta’minlaydigan mashg‘ulotning puxta o‘ylangan metodikasi yaratilgan;
“ma’lumotni qabul qilish” va “o‘zlashtirish” komponentlari tizimiga “tarqatish” komponentini kiritish natijasida tushunish, xotirada saqlash va proaktiv sintez mexanizmlarining samaradorligini ortishi orqali rus tilini o‘qitishda bo‘lajak harbiy psixologlarning strategik kompetensiyasi modeli takomillashtirish bo‘yicha takliflari “Harbiy psixologlar uchun rus tili” o‘quv qo‘llanmasida o‘z ifodasini topgan hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kabi oliy harbiy ta’lim muassasalari ta’lim jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan 500-239-son guvoxnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2021 yil 30 oktyabrdagi 9551-son ma’lumotnomasi). Natijada, kursantlarning kommunikativ strategik qobiliyatlari, ya’ni ularning o‘zi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar har qanday bayonotdan muvaffaqiyatli ajratishi va olingan ma’lumotlar haqida o‘z fikrlarini bildirishi mumkin bo‘lgan strategiyalari takomillashtirilgan;
rus tilini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv jarayonida bo‘lajak harbiy psixologlarning kasbi uchun dolzarb bo‘ladigan muammoli o‘quv-nutqli vaziyatlarni yaratish, semiotik jadvallar, sxemalardan faol foydalanish, maxsus fanlardan ma’ruza-suhbatlarni eshitish uchun so‘zlashuv nutqi elementlaridan iborat matnlarni modellashtirish ehtiyojlariga oid “reymprinting” psixologik-pedagogik uslubini qo‘llash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlarning o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2021 yil 30 oktyabrdagi 9551-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2021 yil 11 sentyabrdagi 22/3-2495-son ma’lumotnomalari). Natijada “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlarni tayyorlashda I-II bosqichlarda o‘qitiladigan maxsus fanlardan ma’ruza-suhbatlarini eshitish uchun so‘zlashuv nutqi elementlaridan iborat matnlar modellashtirilgan; 
bo‘lajak harbiy psixologlar tomonidan o‘quv materiallarni o‘zlashtirish jarayonida vazifalarni aniq belgilash, vaqt va resurslarni boshqarish, bilimlarni taqqoslash, leksik matn va audio mashqlarni tushunish, yodlash, amaliyotda qo‘llash, leksik progressni kuzatish, muayyan vaqt ichida bilimlarni o‘zlashtirish uchun vaziyatni va til imkoniyatlarini etarli darajada baholash, mutaxassislik tiliga oid so‘zlarni va terminlarni yodlash va amaliyotda qo‘llash, til bo‘yicha strategiyalarni to‘g‘ri shakllantirish mexanizmlaridan iborat  “SMARTEF” nomli ijodiy topshiriqlardan foydalanishga oid  taklif O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kabi oliy harbiy ta’lim muassasalari ta’lim jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2021 yil 30 oktyabrdagi 9551-son ma’lumotnomasi). Natijada barcha harbiy psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlarning professional rus tilidagi nutqining ko‘nikmalari takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish