Taspanova Jigagul Kenjebaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining pedagogik qarashlari”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1175. 
Ilmiy rahbar: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Bekbergenova Ziyada Utepovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining pedagogik qarashlarini milliy tarbiya jarayoniga tatbiq etishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li asarlaridagi sog‘lom e’tiqodni shakllantirishga doir ma’rifatparvarlik, oriflik, halimlik, saxovatlilik, muruvvatlilik kabi fazilatlar olam va insoniyatni yaxlitlikda anglash bilan bog‘liq pedagogik amaliyotga yo‘naltirilgan “pansofiylik (donolik, oqillik) g‘oyasi” bilan uyg‘un tarzda namoyon bo‘lishi aniqlashtirilgan;
shoir asarlaridagi yoshlarda intellektual salohiyatni rivojlantirishga doir aqlni charxlash, irodani chiniqtirish, tasavvurni boyitish, muloqotmandlik tarbiyalash kabi usullar evristik faoliyatni tashkil etishning zamonaviy kognitiv texnologiyalari tarkibiy asoslari sifatida xizmat qilishi asoslangan;
Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li asarlaridagi insonparvarlik pedagogikasining qadriyatli yo‘nalganlik, sub’ektivlik, yaxlitlik tamoyillari, shaxsiy muvaffaqiyatga erishish, demokratiklik, o‘z-o‘zini namoyon etish kabi mezonlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va ijtimoiy ongni rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq ekanligi aniqlashtirilgan;
mutafakkirning komil inson g‘oyasi olg‘a surilgan pedagogik qarashlaridan talabalarda vatanparvarlik, fuqarolik, axloqiy, estetik kompetensiyalarni rivojlantirishning konseptual-mazmunli modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining pedagogik qarashlari bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida: 
Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li asarlaridagi sog‘lom e’tiqodni shakllantirishga doir ma’rifatparvarlik, oriflik, halimlik, saxovatlilik, muruvvatlilik kabi fazilatlarning olam va insoniyatni yaxlitlikda anglash bilan bog‘liq pedagogik amaliyotga yo‘naltirilgan “pansofiylik g‘oyasi” bilan uyg‘un tarzda namoyon bo‘lishini aniqlashtirish, shoir asarlaridagi yoshlarda intellektual salohiyatni rivojlantirishga doir aqlni charxlash, irodani chiniqtirish, tasavvurni boyitish, muloqotmandlik tarbiyalash kabi usullar evristik faoliyatni tashkil etishning zamonaviy kognitiv texnologiyalari tarkibiy asoslari sifatida xizmat qilishiga doir taklif va tavsiyalardan “Tarbiya” fanini o‘qitish Konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 25 fevraldagi 01/11-02/02-240-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Tarbiya” fanini o‘qitishda milliy qadriyat, an’ana va umuminsoniy fazilatlardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li asarlaridagi insonparvarlik pedagogikasining qadriyatli yo‘nalganlik, sub’ektivlik, yaxlitlik tamoyillari, shaxsiy muvaffaqiyatga erishish, demokratiklik, o‘z-o‘zini namoyon etish kabi mezonlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va ijtimoiy ongni rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq ekanligini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Tarbiya” fanini o‘qitish texnologiyasi” qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 25 fevraldagi 01/11-02/02-240-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Tarbiya” fanini o‘qitishda ilg‘or pedagogik tajribalardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mutafakkirning komil inson g‘oyasi olg‘a surilgan pedagogik qarashlaridan zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonlarida foydalanishga doir taklif va tavsiyalar asosida takomillashtirilgan talabalarda vatanparvarlik, fuqarolik, axloqiy, estetik kompetensiyalarni rivojlantirishning konseptual-mazmunli modelidan FA-F1- 005-raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020 yy.) fundamental loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 29 noyabrdagi 369/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining pandnoma-didaktik g‘oyalarini turkumlashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish