Yuldashev Javoxir Abduraxim o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarixni o‘qitish jarayonida talabalarda aksiologik dunyoqarashni rivojlantirish metodikasi”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2012
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismoilov Alisher Fayzievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarixni o‘qitish jarayonida talabalarda aksiologik dunyoqarashni rivojlantirishning metodik shart-sharoitlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarda aksiologik dunyoqarashni rivojlantirish jarayonlari inson ongida olam manzarasi, umuminsoniy madaniyatni aks ettiruvchi antropologik tizim sifatida bilishga doir, emotsional, irodaviy tarkibiy asoslarning qadriyatli yo‘nalganlik bilan bevosita va bilvosita aloqadorligi integrallikga ega ekanligini belgilash orqali aniqlashtirilgan;
tarixni o‘rganish jarayonida talabalarda aksiologik dunyoqarashni rivojlantirishning metodik tuzilmasi tarixiy taraqqiyotda inson mohiyatini (tabiatini) ochib beruvchi tarixiy-antropologik, epistemologik, prognostik, gnoseologik, shaxsga individual munosabatni aniqlash, o‘tmish voqeligi va dalillariga baho berishga doir qadriyatli jihatlarning integrativ tarzda qayta aloqaga kirishuv darajasini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda aksiologik dunyoqarashni rivojlantirishning didaktik modelini tashkiliy bloki aksiologizatsiya, integrativlik, faollik va bilimlarning ijtimoiy ahamiyatini anglash tamoyillar, motivatsion-maqsadli, mazmunli, jarayonga doir, nazorat va baholash kabi komponentlarning interiorizatsiya (ichki anglash) va eksteriorizatsiya (tashqi namoyon bo‘lish) kabi funksional ko‘rsatkichlari identivligini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan;
tarixni o‘qitish jarayonida talabalarda aksiologik dunyoqarashni rivojlantirishning metodik shartlari tarixiy voqelik va jarayonlarini aksiologik nuqtai nazardan baholash malakasini rivojlantirish, matn muallifining nuqtai nazarini to‘g‘ri baholash va o‘z nuqtai nazarini yorqinlashtirish uchun xizmat qiladigan germenevtik ta’lim texnologiyasi, faol, interfaol metodlarning o‘zaro integratsiyasini individual va integral kognitivlik darajasi barqarorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixni o‘qitish jarayonida talabalarda aksiologik dunyoqarashni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda aksiologik dunyoqarashni rivojlantirish jarayonlarini inson ongida olam manzarasi, umuminsoniy madaniyatni aks ettiruvchi antropologik tizim sifatida bilishga doir, emotsional, irodaviy tarkibiy asoslarning qadriyatli yo‘nalganlik bilan bevosita va bilvosita aloqadorligi integral tavsifga ega ekanligini belgilash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 22 noyabrdagi 02/08/1496-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda tayanch ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
tarixni o‘rganish jarayonida talabalarda aksiologik dunyoqarashni rivojlantirishning metodik tuzilmasini tarixiy taraqqiyotda inson mohiyatini ochib beruvchi tarixiy-antropologik, epistemologik, prognostik, gnoseologik, shaxsga individual munosabatni aniqlash, o‘tmish voqeligi va dalillariga baho berishga doir qadriyatli jihatlarning integrativ tarzda qayta aloqaga kirishuv darajasini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 22 noyabrdagi 02/08/1496-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda tarixiy merosga aksiologik munosabatni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarda aksiologik dunyoqarashni rivojlantirishning didaktik modeli tashkiliy blokini aksiologizatsiya, integrativlik, faollik va bilimlarning ijtimoiy ahamiyatini anglash tamoyillar, motivatsion-maqsadli, mazmunli, jarayonga doir, nazorat va baholash kabi komponentlarning interiorizatsiya va eksteriorizatsiya kabi funksional ko‘rsatkichlari identivligini qat’iy belgilash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan PZ-20170930223. “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 4 dekabrdagi 02-07-3942/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixni o‘qitish jarayoniga aksiologik yondashuvni joriy etish orqali talabalarda ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tarixni o‘qitish jarayonida talabalarda aksiologik dunyoqarashni rivojlantirishning metodik shartlarini tarixiy voqelik va jarayonlarini aksiologik nuqtai nazardan baholash malakasini rivojlantirish, matn muallifining nuqtai nazarini to‘g‘ri baholash va o‘z nuqtai nazarini yana-da yorqinlashtirish uchun xizmat qiladigan germenevtik ta’lim texnologiyasi, faol, interfaol metodlarning o‘zaro integratsiyasini individual va integral kognitivlik darajasi barqarorligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan KA107/2018-2019 raqamli NamDU va Timishoara G‘arb universiteti o‘rtasida tuzilgan Erasmus+ mobility program loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 4 dekabrdagi 02-07-3942/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarix o‘qitish jarayonida talabalarda aksiologik dunyoqarashni rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.