Yoqubova Indira Rustam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali rus tilini o‘qitishda bo‘lajak harbiy yuristlarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish» 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2848.
Ilmiy rahbar: Mamatkulov Xurshid Abdurashidovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Rozmet Muradovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kukatova Ol`ga Alekseevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali rus tilini o‘qitishda bo‘lajak harbiy yuristlarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Rus tili” fanini o‘rganish jarayonida shakllanadigan harbiy mutaxassisning kasbiy kompetentligini qo‘mondonlik-front orti, ta’lim-tarbiya, muhandislik-ekspluatatsion, eksperimental-tadqiqot kabi harbiy professional faoliyat turlaridan kelib chiqib “motivatsiya-qiymatli”, “axborotli”, “intellektual-bilishga oid”, “kommunikativli” va “boshqaruvli” kabi tarkibiy komponentlari ishlab chiqilgan;
rus tili bo‘yicha bilimlarni takomillashtirishning metodik tizimi mutaxassislik tiliga va shaxsga yo‘naltirilganlik, maqsadlarni to‘g‘ri shakllantirish, muvaffaqiyatli o‘sish uchun maqbul muhitni ta’minlash, zarur ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish kabi o‘z-o‘zini rivojlantirish prinsiplariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak harbiy yuristlarning rus tili bo‘yicha mantiqiy-didaktik va psixologik bilimlarini tizimlashtirish, mustaqil o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, evristik, improvizatsion faoliyatlar uyg‘unligini ta’minlash orqali axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘quv loyihalash usuli yordamida mustaqil tayyorgarlikni tashkil etish modeli ishlab chiqilgan;
auditoriyada til hodisalarini batafsil o‘rganishga yordam beradigan Prezi Desktop 6.26.0 dasturi yordamida harbiy yuristlar uchun “Harbiy yuristlar uchun rus tili” interfaol dasturi, “Yuridik terminlarning rus-o‘zbekcha-inglizcha” elektron lug‘ati, “Qiziqarli rus tili” elektron kitobi kabi elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish orqali bo‘lajak harbiy yuridik kadrlarning rus tilini o‘qitishda ta’lim texnologiyalari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali bo‘lajak harbiy yuristlarni rus tiliga o‘qitishda, ularning kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida quyidagilar joriy qilindi:
“Rus tili” fanini o‘rganish jarayonida shakllanadigan harbiy mutaxassisning kasbiy kompetentligini qo‘mondonlik-front orti, ta’lim-tarbiya, muhandislik-ekspluatatsion, eksperimental-tadqiqot kabi harbiy professional faoliyat turlaridan kelib chiqib “motivatsiya-qiymatli”, “axborotli”, “intellektual-bilishga oid”, “kommunikativli” va “boshqaruvli” kabi tarkibiy komponentlari ishlab chiqish yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 2021 yil 30 oktyabrdagi 9550-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2021 yil 11 sentyabrdagi 22/3-2496-son ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy kompetentlikning komponentlari “Xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy ta’minlash” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlarni rus tiliga o‘qitishda rus tili o‘qituvchilari uchun universitet ta’limining maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda ko‘maklashgan;
rus tili bo‘yicha bilimlarni takomillashtirishning metodik tizimi mutaxassilik tiliga va shaxsga yunaltirilganlik, maqsadlarni to‘g‘ri shakllantirish, muvaffaqiyatli o‘sish uchun maqbul muhitni ta’minlash, zarur ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish kabi o‘z-o‘zini rivojlantirish prinsiplariga ustuvorlik berish yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtlari o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 2021 yil 30 oktyabrdagi 9550-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 2021 yil 24 apreldagi 38/5-126-son, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining 2021 yil 12 apreldagi 543-son, O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining 2021 yil 14 apreldagi 965-son ma’lumotnomalari). Natijada metodik ishlanmalar O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalari rus tili o‘qituvchilariga ilmiy-metodik manba sifatida xizmat qilgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘quv loyihalash usuli yordamida mustaqil tayyorgarlikni tashkil etish modelini ishlab chiqish orqali bo‘lajak harbiy yuristlarning rus tili bo‘yicha mantiqiy-didaktik va psixologik bilimlari tizimlashtirilgan, mustaqil o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, evristik, tadqiqotchilik, improvizatsion faoliyatlar uyg‘unligini ta’minlashga oid takliflari “Harbiy yuristlar uchun rus tili” o‘quv qo‘llanmasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabr`dagi 500-237-son ma’lumotnomasi). Natijada kursantlarning mustaqil tayorgarlik vaqtida bo‘lajak harbiy yuristlar bilimlarini umumiy darajasini oshirishga, ular tomonidan harbiy-yuridik terminologiyani tushunilishiga, uni so‘zlash davomida to‘g‘ri qo‘llashga hamda rus tilida o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
auditoriyada til hodisalarini batafsil o‘rganishga yordam beradigan Prezi Desktop 6.26.0 dasturi yordamida harbiy yuristlar uchun “Harbiy yuristlar uchun rus tili” interfaol dasturi, “Yuridik terminlarning rus-o‘zbekcha-inglizcha” elektron lug‘ati, “Qiziqarli rus tili” elektron kitobi kabi elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish orqali bo‘lajak harbiy yuridik kadrlarning rus tilini o‘qitishda ta’lim texnologiyalari optimallashtirish yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kabi oliy harbiy ta’lim muassasalar o‘quv jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 2021 yil 30 oktyabrdagi 9550-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy kompetentligi va umumiy bilimlar darajasini bosqichma-bosqich takomillashishiga erishilgan.