Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Milliy o‘ziga xoslikni anglashda XX asr adabiy siymolarining o‘rni” (R.Hamzatov va Ch.Aytmatov ijodi hamda o‘zbek adabiyoti masalalari),  10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.RhDFil.898.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Boltaboev Hamidulla Ubaydulaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Komilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Naim Fotihovich, filologiya fanlari doktori, akademik. 
Yetakchi tashkilot:  Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy o‘ziga xoslikni anglash jarayonida Vatan tuyg‘usi, ona tili kabi milliy qadriyatlarning ahamiyatini ko‘rsatishda Rasul Hamzatov va Chingiz Aytmatov asarlarining o‘zbek adabiyotiga ta’siri hamda adabiy aloqalarning mustahkamlanishidagi o‘rnini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiy aloqalar jarayonida milliy adabiyotlarning o‘zaro yaqinlashishi, bir-biriga singish natijasida ta’sirlantirishi, ma’lum millatga mansub asar mohiyatidagi milliy qadriyatlar natijasida umuminsoniy ahamiyat kasb etishi kabi adabiy hodisalarning genezisi va mohiyati, yangi badiiy talqinlar hamda unsurlarning adabiyotlararo diapazonda uyg‘otuvchi va vositachi sifatidagi o‘rni dalillangan;
R.Hamzatov ijodining bosh maqsadi tasvir markazidagi insonning qalb kechinmalari, iztiroblari va orzularini hayotiy, haqqoniy, tadrijiy takomilda ifodalashi, uning asarlaridagi ona tili, yurt qadri, milliy g‘urur kabi milliy qadriyatlar tasviri milliy xarakter yaratishning yetakchi tamoyiliga aylanganligi isbotlangan;
Ch.Aytmatov asarlaridagi inson ruhiyati, uning milliy o‘zlikni anglash jarayonidagi evrilishlarning katta hayotiy haqiqatlarga asoslanishi, adibning estetik qarashlari mazmun-mohiyatida milliy ma’naviyat, milliy ong va milliy o‘zlik, ijtimoiy hurlik, erkin va ozod shaxs konsepsiyasining ifodalanishi asoslangan;
milliy o‘zlik nuqtai nazaridan idrok va talqinni o‘zgartiruvchi mohiyat sifatida adabiy aloqalarning o‘zbek adabiyotiga ta’siri, adabiyotlar o‘rtasidagi aloqa va tipologik hamda adabiy talqindagi mushtarakliklar hamda R.Hamzatov hamda Ch.Aytmatov ijodining falsafiylik tamoyillariga asoslanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy o‘ziga xoslikni anglashda XX asr adabiy siymolarining o‘rni, R.Hamzatov va Ch.Aytmatov ijodi hamda o‘zbek adabiyoti masalalari mavzusida olib borilgan ilmiy natija va xulosalardan:
milliy o‘ziga xoslikni anglash masalasida o‘zbek mumtoz adabiyoti va ma’naviy-madaniy merosining, xususan, Alisher Navoiy, A.Fitrat, A.Qodiriy, H.Olimjonning R.Hamzatov, Ch.Aytmatov kabi adiblar ijodiga ta’siriga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida 2019–2021 yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 24 sentyabrdagi 264/1-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilgan; 
adabiy aloqalar jarayonida milliy adabiyotlarning o‘zaro yaqinlashishi, bir-biriga singish natijasida ta’sirlantirishi, ma’lum millatga mansub asar mohiyatidagi milliy qadriyatlarning umuminsoniy ahamiyat kasb etishiga olib kelishi kabi adabiy hodisalarning genezisi va mohiyati, yangi badiiy talqinlar hamda unsurlarning adabiyotlararo diapazonda uyg‘otuvchi va vositachi sifatidagi o‘rniga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida hamda 2017–2020 yillarda amalga oshirilgan “Sharq Renessansi davri allomalari va mutafakkirlari asarlarining ilmiy-falsafiy va badiiy-lingvistik tadqiqi” mavzuidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 21 iyundagi 02/08-769-son dalolatnomasi). Natijada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot-tashviqot tadbirlarining ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan; 
milliy o‘zlik nuqtai nazaridan idrok va talqinni o‘zgartiruvchi mohiyat sifatida adabiy aloqalarning o‘zbek adabiyotiga ta’siri, adabiyotlar o‘rtasidagi aloqa va tipologik hamda adabiy talqindagi o‘xshashliklar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining xalqaro adabiy aloqalarni mustahkamlash, adabiy muloqot va targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 24 sentyabrdagi 01-03/1122-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining badiiy adabiyotda milliy o‘zlik in’ikosi sifatidagi omillarning xalqlar taqdiri va taraqqiyotidagi o‘rni, ilk bor milliy o‘zlikni anglash masalasida o‘zbek mumtoz adabiyoti va ma’naviy-madaniy merosining R. Hamzatov, Ch.Aytmatov kabi atoqli adiblar ijodiga ta’sirini keng o‘rganishga xizmat qilgan;
atoqli adiblar R.Hamzatov va Ch.Aytmatov ijodining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti”, “O‘zbek she’riyati”, “Bedorlik” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 27 sentyabrdagi 04-25-1508-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan o‘zbek mumtoz adabiyoti va ma’naviy-madaniy merosi mavzusidagi dasturlar ssenariysini yaratishda xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish