Turaev Shuxrat Raxmanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta asr Evropa sayyohlari asarlarida O‘rta Osiyo tarixi va madaniyatining yoritilishi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tar.574.
Ilmiy rahbar: Eshov Boxodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Raimqulov Abdusabur Azzamovich, tarix fanlari doktori; Boboyorov G‘aybulla Bollievich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan evropalik sayyoh, elchi, savdogar va boshqa mualliflarning asarlarida o‘rin olgan ma’lumotlar asosida O‘rta Osiyo xalqlari tarixi va madaniyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘rta Osiyo tarixi va madaniyatini yorituvchi o‘rta asrlarga oid Evropa sayyohlari asarlarining birlamchi manba ekanligi va Sharq tillaridagi yozma manbalarda o‘rin olmagan ko‘plab ma’lumotlar XII-XIX asrlar birinchi yarmiga qadar Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan Plano Karpini, Vilgel`m Rubruk, Marko Polo, Rui Goncales de Klavixo, Iogann Shilt`berger, Antonio Jenkinson, Mir Izzatullo, Armeniy Vamberi shuningdek, XVII-XIX asrlar Rossiya elchilik missiyalari, harbiylari va diplomatlari Florio Benevini, Timofey Stepanovich Burnashev, Egor Kazmirovich Meyendorf, Pyotr Ivanovich Demezon, Nikolay Vasilovich Xanikov kabi sayyoh va elchilar asarlarida mavjudligi asoslangan;
O‘rta Osiyoga o‘zga din va madaniyat vakillari sifatida “o‘zgacha bir nazar” bilan qaragan evropalik mualliflar mintaqa xalqlarining ko‘proq ijtimoiy va maishiy hayotiga e’tibor qaratganliklari dalillanib, mintaqa aholisining bir qismi o‘troq va yana bir qismi ko‘chmanchi turmush tarziga ega bo‘lgan mahalliy aholining katta qismini turkiy va forsiy tilli elatlar tashkil etishi dalillangan; 
so‘nggi o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo xonliklariga oid evropalik, xususan, rossiyalik mualliflar tomonidan to‘plangan ma’lumotlar bu erdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, mintaqa xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, tili, dini, iqtisodiy va madaniy hayoti, strategik ahamiyatga ega joylari (shaharlar va ularning geografik joylashuvi, yo‘l va masofalar, daryo va tog‘lar, dasht va cho‘llar, iqlim sharoiti, tabiiy boyliklari) haqida ekanligi dalillanib, bu siyosiy maqsadga qaratilgani va Evropa davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga xizmat qilganligi aniqlangan;
bir yarim ming yillik vaqt kesimida O‘rta Osiyoga kelib ketgan Evropa vakillari yozib qoldirgan Evropa tillaridagi ma’lumotlar asosida mintaqa xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va etnomadaniy tomonlarining yoritilishi, shaharlar va ularning ichki tuzilishi, bozorlar, mahalliy aholining maishiy hayoti kabi ma’lumotlar evropaliklarning mintaqa haqidagi tasavvurlarini boyitib, asrlar osha takomillashib borgani, bu esa Evropa va O‘rta Osiyo xalqlari orasidagi o‘zaro aloqalarning rivojlanishiga hissa qo‘shgan muhim omil ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘rta asr Evropa sayyohlari asarlarida O‘rta Osiyo tarixi va madaniyatining yoritilishi” ga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
bir yarim ming yillik vaqt kesimida O‘rta Osiyoga kelib ketgan Evropa vakillari yozib qoldirgan Evropa tillaridagi manbalar asosida mintaqa xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va etnomadaniy tomonlarini yoritilishi, shaharlar va ularning ichki tuzilishi, bozorlar, mahalliy aholining maishiy hayotiga doir tadqiqotning ilmiy natijalaridan “O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi” nomli darslikning 1, 4, 5 paragraflarini mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustda taqdim etgan 89-03-2819–sonli ma’lumotnomasi). Natijada darslikning o‘rta asrlar – XX asrning birinchi o‘n yilligi davri mavzulari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini boyitishda muhim ahamiyat kasb etgan;
O‘rta Osiyo tarixi va madaniyatini yorituvchi o‘rta asrlarga oid Evropa sayyohlari asarlarining birlamchi manba ekanligi va Sharq tillaridagi yozma manbalarda o‘rin olmagan ko‘plab ma’lumotlar XII-XIX asrlar birinchi yarmiga qadar Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan Plano Karpini, Vilgel`m Rubruk, Marko Polo, Rui Goncales de Klavixo, Iogann Shilt`berger, Antonio Jenkinson, Mir Izzatullo, Armeniy Vamberi shuningdek, XVII-XIX asrlar Rossiya elchilik missiyalari, harbiylar va diplomatlari Florio Benevini, Timofey Stepanovich Burnashev, Egor Kazmirovich Meyendorf, Pyotr Ivanovich Demezon, Nikolay Vasilovich Xanikov kabi sayyoh va elchilar asarlaridagi ma’lumotlar tahlili O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 01 iyuldagi 02-14-701–son ma’lumotnomasi). Natijada bu ko‘rsatuvlar orqali evropalik sayyohlar nigohida mintaqa xalqlari tarixi, davlatchilik an’analari va madaniyati to‘g‘risida tushunchalar hosil bo‘lishida yordam bergan;
O‘rta Osiyoga o‘zga din va madaniyat vakillari sifatida “o‘zgacha bir nazar” bilan qaragan evropalik mualliflar mintaqa xalqlarining ko‘proq ijtimoiy va maishiy hayotiga e’tibor qaratganliklari dalillanib, mintaqa aholisining bir qismi o‘troq va yana bir qismi ko‘chmanchi turmush tarziga ega bo‘lgan mahalliy aholining katta qismini turkiy va forsiy tilli elatlar tashkil etishi ularning asarlari misolida yoritilishi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Buyuk yurt allomalari” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda tadqiqotning ilmiy xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston Teleradio- kanali” davlat unitar korxonasining 2020 yil 01 iyuldagi 02-14-702–son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvni mazmunan boyitilishiga, tomoshabinlarga evropalik sayyohlar va ularning asarlaridagi O‘rta Osiyo tarixiga doir dalillangan ma’lumotlar bilan kengroq tanishish imkoniyatini bergan;

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish