Mamadaliev Xushnudbek Islomjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XIX-XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysi shaharlari tarixi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tar20.
Ilmiy rahbar: Ziyoeva Dono Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti.  PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Akram Muminovich, tarix fanlari doktori; Eshtemirov Jasur Suyunqulovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX-XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysi shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, boshqaruv tizimi, qurilishi va me’morchiligi, aholi tarkibi va mashg‘ulotlari tarixini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XIX – XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysi shaharlarining xududiy boshqaruv tizimi, shaharlarning ijtimoiy-madaniy markaz sifatidagi o‘rni, ma’muriy-tuzilish tizimi, tabiiy geografik mintaqada qulay iqlim, tog‘li hududlar tarzda shaharlarning joylashganligi, shaharlar aholisining asosini tashkil qilgan o‘zbeklar va boshqa etnoslarning etnik tarkibi va xo‘jalik mashg‘ulotlariga ko‘ra o‘troq aholining asosiy qismi dehqonchilik, hunarmandchilik va kosibchilik hamda savdo-sotiq bilan, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi chorvachilik mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanganligi dalillangan;
Rossiya imperiyasi ma’muriyatining Qo‘qon xonligiga tazyiqi davridagi shaharlarning ma’muriy-siyosiy boshqaruvi va beklik, viloyat va sarkorlik  ma’muriy-hududiy qismlarning tuzilishi, to‘lovlar yig‘ish, soliqlar va sug‘orish tizimi, hashar ishlari kabi majburiyatlar, “yangi shahar”larning paydo bo‘lishi, Farg‘ona vodiysidagi urbanizatsiya jarayonlari asoslangan;
Farg‘ona vodiysi shaharlarining yirik siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy urbanizatsiya markazlari Qo‘qon, Namangan, Andijon, Yangi Marg‘ilon (Skobelev), Chust va boshqa shaharlarning o‘rni hamda tashqi savdo aloqalaridagi g‘arb va janubda Buxoro, Xiva, Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, sharqda Xitoy (Qashqar orqali), shimolda Dashti qipchoq ko‘chmanchilari va Rossiya, Yaponiya va Angliya savdo munosabatlari,   iqtisodiy (savdo-sotiq) va madaniy aloqalardagi Qo‘qon–Buxoro va Qo‘qon-Toshkent, Qo‘qon-Xiva, Qo‘qon-Eron savdo yo‘lining ahamiyati ochib berilgan;
davlatchilik rivojida Farg‘ona vodiysi shaharlarining roli, markaziy va mahalliy hokimiyatning iqtisodning turli sohalarini rivojlantirishda hamda boshqarishda ishlab chiqarishning fabrika va zavod mahsulotlari bilan ta’minlash kabi yangiliklarni joriy etilishidagi samarasi dalilangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX-XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysi shaharlari tarixi tadqiqoti davomida olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
Qo‘qon xonligi davrida Farg‘ona vodiysi shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, Rossiya imperiyasi tomonidan xonlik tugatilgach shaharlar hayotidagi hududiy va urbanizatsion o‘zgarishlar, vodiy shaharlarining eski va yangi qismlarga bo‘linishidagi ziddiyatli holatlarni tarixiy faktlar asosida ochib berish masalalari F1-FA-0-11986 raqamli «O‘zbekiston shaharlari tarixi: an’analar, urbanizatsiya va transformatsiya jarayonlari (eng qadimdan hozirgacha)» nomli fundamental loyiha doirasida, shuningdek manbaviy tahlilga oid natijalari OT-F1-135 raqamli “XIX-XX asr boshlarida o‘zbek xalqining intellektual-madaniy merosi: an’analar va transformatsiya jarayonlari” fundamental tadqiqoti doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining  2019 yil 16 maydagi  3/1255-1468-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi Farg‘ona vodiysi shaharlarining XIX-XX asr boshlaridagi o‘ziga xos, murakkab va ziddiyatli xolatini aniqlash, ularning sabab va oqibatlarini xolisona baholashga xizmat qilgan;
Farg‘ona vodiysi shaharlarining XIX asr oxiri - XX asr boshlarida rivojlanish jarayonlari, shakillanganlik holati, shaharsozlik madaniyati va urbanizatsiya jarayonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan Namangan viloyati o‘lkashunoslik muzeyi eksponatlarining «Qo‘qon xonligi davrida shaharlar hayoti», «Namangan shahri tarixi» mavzusidagi bo‘limlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 14 maydagi 01-12-10-2274-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi muzeyda bu davrda Farg‘ona vodiysi shaharlaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot masalalari yoritilgan fotosuratlar va arxiv manbalari asosida yangi ekspozisiyalarning yaratilishi va keng ommaga taqdim etish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi shaharlarining XIX - XX asr boshlaridagi xususan, Rossiya istilosi arafasida  ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, shaharlarning ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy markazlar sifatidagi  rolini aks ettiruvchi materiallar, Rossiya istilosi va shaharlarning Turkiston general-gubernatorligi tassarufiga o‘tishi, shaharlarning siyosiy, ma’muriy boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlarni yoritib beruvchi arxiv manbalari, shaharlarda  ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va  ularning  savdo aloqalaridagi o‘rni, shaharlar aholisi va urbanizatsiya jarayonlarlardagi ziddiyatli holatlar kabi masalalarni  asoslab beruvchi materiallardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozisiyasini “XVI – XIX asrlarda O‘zbekiston” va “XIX – XX asrlarda O‘zbekiston” bo‘limlarini yangi materiallar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 16 avgustdagi 3/1255-2255-son ma’lumotnomasi). Bu jarayon shaharlarning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni bo‘yicha mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarni yangi ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qilgan;
XIX-XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysi shaharlarinng tuzilishi, boshqaruv tizimi, urbanizatsiya jarayonlari, shahar madaniyati transformatsiyasi haqida mahalliy muarrixlarning asarlari va arxiv materiallariga asoslangan ilmiy ma’lumotlardan, shuningdek, Rosssiya bosqini arafasida Qo‘qon xonligi shaharlari hayoti, aholi tarkibi, mashg‘ulotlari hamda xonlik bosib olingandan keyingi shaharlar boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar, urbanizatsiya jarayonlari, shaharlarning “yangi” qismlarining tashkil topishiga  oid ilmiy tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston teleradiokanali” DUK qoshidagi “O’zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari “Ochiq dars” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 30 noyabrdagi 01/10/1832-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi Farg‘ona vodiysi shaharlarining tarixiy asilligini saqlash, madaniy merosni asrab avaylash, turizmni yanada rivojlantirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish