Jumaeva Shoira Berdiyarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  “Toshkent viloyati ziyoratgohlari: rivojlanish bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlari”, 07.00.07 –“Etnografiya, etnologiya va antropologiya” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar.460.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Ashirov Adhamjon Azimbaevich, tarix fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02. 
Rasmiy opponentlar: Tursunov Nurillo Narzullaevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Isoqov Ziyodullo Safaralievich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati muqaddas qadamjo va ziyoratgohlari, ziyorat odatlari hamda marosimlarining etnolokal xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
viloyatdagi 151 ta tabiiy (landshaftli) ziyoratgoh va qadamjolar tog‘-toshlar, g‘orlar bilan bog‘liq orografik, buloq, daryo va ko‘l bilan bog‘liq gidrologik, o‘simlik dunyosi bilan bog‘liq antropogen ziyoratgohlar ekanligi aniqlangan; 
Toshkent viloyatidagi Zangiota, Shayx Umar Vali, Qadamjo, Parpi ota, Buxangar buva kabi ziyoratgohlarda lokal marosimlar (xalq sayllari, muchal yoshi) va taqvimiy sayl (lola sayli) o‘tkazilishi etnografik materiallar asosida isbotlangan; 
ziyoratgohlarda maxsus marosim taomlar (Zangiotada – shirguruch va halim, Shayx Umar Vali ziyoratgohida – go‘ja osh, G‘ormazorbobo ziyoratgohiga – sut-qatiqli taom, Obinamak boboda – atala, Kavsar otada  ugra) pishirilishi va hafta kunlari bilan bog‘liq marosim taomlari (dushanba Mastura onaga mastava, seshanba – Bibi Seshanbaga atab, sutli guruch osh, chorshanba tugun osh (chalpak va chuchvara), payshanba – chilton oshi, qatlama va holvaytar, juma – qayla, shanba shavla, yakshanbada ot go‘shtidan norin, somsa va manti) kabi taomlar tayyorlanishi aniqlangan;
Toshkent viloyati muqaddas qadamjoy va ziyoratgohlari hududiy (tog‘li, voha va dasht), vazifasi (davolovchi va homiylik qiluvchi) hamda ziyorat ob’ekti (tabiat, afsonaviy, tarixiy va diniy shaxslar bilan bog‘liq) kabilarga ko‘ra aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti va Lyublin texnika universiteti (Pol`sha) hamkorlikdagi Buyuk Ipak yo‘lidagi madaniy yodgorliklarni raqamlashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tadqiqot natijalari asosida xalqaro ilmiy konferensiyalar va mahorat darslarini tashkil qilish, monografiyalar nashr etish hamda raqamlashtirilgan tarixiy obida va yodgorliklarni SilkRoad3D.com. portaliga joylashtirishga qaratilgan ilmiy loyihada yig‘ilgan ma’lumotlar asosida Toshkent viloyati Zangiota ziyoratgohining 3D formati yaratilgan (Chirchiq davlat pedagogika institutining 2022 yil 19 yanvardagi 0094-son ma’lumotnomasi). Bu SilkRoad3D.com. portali orqali sayyohlarni jalb etish va Toshkent viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi”  telekanalida efirga uzatiladigan “Etno”  ko‘rsatuvida Toshkent viloyati muqaddas qadamjoy va ziyoratgohlari tavsifi hamda tasnifi, o‘zbek milliy qadriyatlari tizimida ziyoratgohlarning o‘rni va ahamiyati, ziyoratgohlarda o‘tkaziladigan marosimlarning an’anaviy hamda zamonaviy xususiyatlari hamda zamonaviy globallashuv davrida ziyoratgohlardagi o‘zgarishlar, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 7 apreldagi 02-40518-son ma’lumotnomasi). Bu Toshkent viloyatining muqaddas qadamjoy va ziyoratgohlari hamda ziyorat madaniyatining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida keng jamoatchilikni yaqindan xabardor qilish uchun ilmiy asos vazifasini o‘tagan;
“O’zbekiston tarixi”  telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida  “Toshkent viloyati ziyoratgohlari: rivojlanish bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar, tadqiqot usullari, dissertatsiyaning ilmiy-amaliy ahamiyati hamda yangiliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 17 iyundagi 02-401029-son ma’lumotnomasi). Natijalar Toshkent viloyati ziyoratgohlarini aholi orasida ommalashishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish