Sayt test rejimida ishlamoqda

Sulaymanova Soxiba Baxodirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘d vohasida G‘arbiy Turk xoqonligining boshqaruvi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2019.2. PhD/Tar 485.
Ilmiy rahbar: Boboyorov G‘aybulla Bollievichga, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov O‘ktam Maxmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor; Raimqulov Abdusabur Azzamovich, tarix fanlari doktori. 
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi G‘arbiy Turk xoqonligi tomonidan Sug‘d vohasi boshqarilishini ochib berish orqali ko‘chmanchi va o‘troq madaniyatlar orasidagi o‘zaro ta’sirlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
G‘arbiy Turk xoqonligi Sug‘d vohasini boshqarishda mahalliy va xoqonlikka xos tudun, dehqon, afshin, ixshid, ixrid, noib va vassal usullardan foydalanib, mavjud sulolalardan bir qanchasini o‘z o‘rnida qoldirgani, hukmdorliklar boshqaruviga esa o‘z vakillarini tayinlagani aniqlangan; 
Sug‘d vohasidagi mahalliy sulolalarning kelib chiqishi masalasiga numizmatik topilmalar, xitoy, vizantiya, arman va turkiy-runiy yozma manbalar asosida aniqlik kiritilib, Samarqand va Panchda turkiy-sug‘diy sulolalar, Naxshabda esa turkiy sulola boshqaruvining o‘rnatilgani dalillangan; 
Naxshab hukmdorligining janubi-g‘arbiy hududlari (Kasbi) G‘arbiy Turk xoqonligi qo‘shinlari uchun harbiy qo‘nalg‘a vazifasini o‘tagani, xoqonlik qo‘shinlari bu erdan turib Sosoniylar Eroniga qarshi yurishlar uyushtirgani aniqlangan;
Xoqonlik davrida Afrosiyob (Samarqand) va Panjikent devoriy rasmlarida sug‘diy aslzodalar bilan birga ko‘plab turkiy qiyofali amaldorlarning tasvirlanishi, sopol va metall buyumlar sirtidagi tasvirlarning Sug‘d vohasida ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlari mahsuli sifatida turli elat vakillarini aks ettiruvchi antropologik tip va ularga xos kiyim-kechak, soch turmagi, kamar va uning taqinchoqlari, to‘qalar, qurol-yarog‘lar tasvirida turkiy-sug‘diy an’analarning ustuvorlik qilgani isbotlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘arbiy Turk xoqonligining Sug‘d vohasidagi boshqaruvini tadqiq qilish jarayonida erishilgan natijalar va xulosalardan:
Xoqonlik davrida Afrosiyob (Samarqand) va Panjikent devoriy rasmlarida sug‘diy aslzodalar bilan birga ko‘plab turkiy qiyofali amaldorlarning tasvirlanishi, sopol va metall buyumlar sirtidagi tasvirlarning Sug‘d vohasida ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlari mahsuli sifatida turli elat vakillarini aks ettiruvchi antropologik tip va ularga xos kiyim-kechak, soch turmagi, kamar va uning taqinchoqlari, to‘qalar, qurol-yarog‘lar tasvirida turkiy-sug‘diy an’analarning ustuvorlik qilgani haqidagi tadqiqot natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-029 raqamli “O‘zbek davlatchiligi tarixida sug‘diy til va yozuvining tutgan o‘rni (mil.av. II – milodiy XII asrlar)” mavzusidagi fundamental grant loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 noyabrdagi 379-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixning Qashqadaryo va Zarafshon havzalaridagi davlatchilik va unda Turk xoqonligining ta’siriga oid xulosalar va materiallar bilan boyitilishiga erishilgan;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” kanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida Sug‘d vohasining G‘arbiy Turk xoqonligi davridagi tarixini yoritishda, ilk o‘rta asrlar davri arxeologik yodgorliklar va moddiy madaniyatini tadqiq qilish jarayoniga aniqlangan yangiliklardan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanali davlat  muassasasining 2021 yil 24 sentyabrdagi 01-02-1499 – son ma’lumotnomasi). Bu ko‘rsatuv  sug‘diy va turkiy davlatchilik an’analari, ularning o‘zaro ta’siri to‘g‘risida tushunchalar hosil bo‘lishida yordam bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish