Sayt test rejimida ishlamoqda

Kucharov Jamshid Kulnazarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Amir Temur va temuriylar davrida Buxoro vohasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot (XIV asrning 70-yillari – XV asr)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2020.3.PhD/Tar729.
Ilmiy rahbar: Haitov Shodmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Rahmonov Kamol Jamolovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent. 
Etakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIV asrning 70-yillari – XV asrda, ya’ni Amir Temur va temuriylar davrida Buxoro vohasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Buxoro vohasi Amir Temur va temuriylar davrida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lib, Samarqand shahridan keyin ikkinchi o‘rinda turganligi, temuriy shahzodalarning hokimiyat uchun kurashlarda eng muhim siyosiy voqealar markazida bo‘lganligi, Amir Temur vorislari Buxorodan turib, Samarqand taxti uchun kurash olib borganligi isbotlangan;
Amir Temur vorislaridan Mirzo Ulug‘bek siyosiy hokimiyatni qo‘lga kiritishda Buxoro asosiy tayanch bo‘lganligi, uning Buxoro shahrida turib Xitoy va boshqa mamlakat elchilarini qabul qilganligi, o‘z elchilarini Buxorodan chetga yuborganligi, qishlash uchun Buxoroga kelib yashaganligi va ko‘p bor qush ovini tashkil qilganligi aniqlangan;
Buxoroda tasavvuf tariqatini Xoja Bahouddin Naqshband va Muhammad Xoja Porsolar yangi bosqichga ko‘targanligi, adabiy muhitda o‘nlab “Buxoriy” taxallusli etuk ijodkorlar Xo‘ja Ismat Buxoriy, Nizom Buxoriy, Nosir Buxoriy, Sayfiy Buxoriy, Jahongir Buxoriy, Tohir Buxoriylar etishib chiqqanligi, keyingi temuriy hukmdorlarning mamlakat boshqaruvini qo‘lga olishida, hokimiyat tepasida turib adolat bilan siyosat yuritishida Buxoro ulamolari ma’naviy va g‘oyaviy rahnamolik qilganligi, hukmdorlar va xalq o‘rtasida ular vositachi sifatida muhim mavqega ega bo‘lganliklari isbotlangan;
Amir Temur va temuriylar davrida Buxoro vohasida dehqonchilik va chorvachilik, ayniqsa, qorako‘lchilik sohalari, hunarmandchilikning metallsozlik, to‘qimachilik, zargarlik, tanga zarb qilish tarmoqlari rivojlanganligi, ichki va tashqi savdo-sotiq sohasida katta yutuqlarga erishilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amir Temur va temuriylar davrida Buxoro vohasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot tarixini ilmiy tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, xulosalar, taklif va tavsiyalar asosida: 
Amir Temur va temuriylar davri Buxoro vohasi dehqonchilik va chorvachilik, ayniqsa, qorako‘lchilik sohalari, hunarmandchilikning metallsozlik, to‘qimachilik, zargarlik, tanga zarb qilish tarmoqlari rivojlanganligi, ichki va tashqi savdo-sotiq sohasidagi yutuqlarga oid ilmiy izlanishlari natijasida aniqlangan ma’lumotlar, keltirilgan dalillar Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ilmiy faoliyatida foydalanish uchun topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 8 yanvardagi 01-12/55-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga qo‘llanilishi O‘zbekistonda turizm va xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirishga, madaniy merosimizni asrab avaylash imkoniyatini yaratgan;
Buxoro vohasi Amir Temur va temuriylar davrida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lib, Samarqand shahridan keyin ikkinchi o‘rinda turganligi, temuriy shahzodalarning hokimiyat uchun kurashlarda eng muhim siyosiy  voqealar markazida ekanligi, Amir Temur vorislari Buxorodan turib, Samarqand taxti uchun asosan kurashlar olib borganligiga doir ilgari surilgan g‘oyalar, nazariy xulosalar va amaliy takliflardan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan tayyorlangan «Muloqot» ko‘rsatuvida keng foydalanilgan (Qashqadaryo teleradiokompaniyasining 2021 yil 22 iyundagi 12-15/193-son ma’lumotnomasi). Natijada Amir Temur va temuriylar  davrida Buxoro shahri shaharsozlik va me’morchilik rivojida muhim o‘rin tutganligini asoslab berish imkonini bergan; 
Mirzo Ulug‘bekning siyosiy hokimiyatni qo‘lga kiritishida Buxoro asosiy tayanch bo‘lganligi, ushbu buyuk olim va adolatli hukmdorning mazkur shaharda turib Xitoy va boshqa mamlakatlarning elchilarini qabul qilganligi, o‘z elchilarini Buxorodan chetga yuborganligi, qishlash uchun Buxoroga kelib yashaganligi va ko‘p bor qush ovini tashkil qilishiga doir ilmiy xulosalardan, dissertatsiyada ilgari surilgan eng muhim ilmiy-nazariy fikrlardan «O’zbekiston tarixi» telekanalida 2020 yil avgust oyida efirga uzatilgan «Ekspedisiya» ko‘rsatuvida foydalanilgan (O’zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi «O’zbekiston Teleradiokanali» Davlat unitar korxonasining 2020 yil 17 dekabrdagi 02-40-1312-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi Mirzo Ulug‘bekning Buxoroda qurilish ishlariga alohida e’tibor qaratganligi bo‘yicha aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish