Sayt test rejimida ishlamoqda

Allambergenov Erpolat Kenesbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq xalqining «Shahriyor» dostonidagi ta’lim-tarbiyaga doir qarashlar», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped703.
Ilmiy rahbar: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01. 
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusupov Konisbay Abilovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot nomi: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq xalqining «Shahriyor» dostonidagi ta’lim-tarbiyaga doir qarashlarning pedagogik imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
«Shahriyor» dostonidagi voqeliklar o‘quvchi-yoshlarda insoniylik, adolatlilik, muruvvat, saxovat, vijdoniylik, mardlik, topqirlik kabi ma’naviy fazilatlarni (kompetensiyalar) shakllantirishning aksiopedagogik jihatlariga hamda milliy identiklikning etakchi indikator ekanligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
«Shahriyor» dostonini o‘qitish jarayoni matn bilan ishlashda ichki mantiqiylikning birlamchi darajaga ega bo‘lishiga erishish, ta’lim oluvchilarda analitik tafakkurni shakllantirishning intensifikatsiyasini ta’minlash, voqelikning shaxsiy ahamiyatini ichki anglanishini yaxlit tizim sifatida loyihalash mantig‘ini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
«Shahriyor» dostonidagi ta’lim-tarbiyaga doir qarashlarning didaktik imkoniyatlari “o‘qib olishga o‘rgatish”, “amal qilishga odatlantirish” tamoyillarining zamon va makon tranfsformatsiyasida adekvatlik kasb etuvchi pedagogik tizimning barqarorlik darajasining ma’naviy ta’sirchanligini modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
qoraqalpoq xalqining «Shahriyor» dostonidagi ta’lim-tarbiyaga doir qarashlarni integrativ yondashuv asosida o‘qitish bosqichlari milliy tarbiya (uqtirish, ishontirish, inontirish), innovatsion (shaxsga yo‘naltirilgan, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish) va interfaol (grafik organayzerlar) usullarni kompleks qo‘llash bo‘yicha didaktik ta’minotni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq xalqining «Shahriyor» dostonidagi ta’lim-tarbiyaga doir qarashlarni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
«Shahriyor» dostonidagi voqeliklarni tizimli-struktur tahlil etish orqali o‘quvchi-yoshlarda insoniylik, adolatlilik, muruvvat, saxovat, vijdoniylik, mardlik, topqirlik kabi ma’naviy fazilatlarni (kompetensiyalar) shakllantirishning aksiopedagogik  jihatlarini milliy identiklikning etakchi indikator ekanligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan «Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaror asosida o‘zbek va qoraqalpoq milliy baxshichilik va dostonchiliq san’ati namunalarini e’zozlash va rivojlantirish, keng xalq ommaga targ‘ib qilish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 7 apreldagi 2-03/714-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq milliy baxshichilik va dostonchilik namunalarini o‘rganishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
«Shahriyor» dostonini o‘qitish jarayonining pedagogik algoritmini, dostondagi ta’lim-tarbiyaga doir qarashlarni integrativ yondashuv asosida o‘qitish bosqichlarini milliy tarbiya, innovatsion va interfaol usullarni kompleks qo‘llash bo‘yicha didaktik ta’minotni ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan FA-F-1-005. “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2018-2020 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 19 oktyabrdagi 17.02/254-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Shahriyor» dostonini o‘qitish jarayoni mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
«Shahriyor» dostonidagi ta’lim-tarbiyaga doir qarashlarning didaktik imkoniyatlarini “uqib olishga o‘rgatish”, “amal qilishga odatlantirish” tamoyillarining zamon va makon tranfsformatsiyasida adekvatlik kasb etuvchi pedagogik tizimning barqarorlik darajasi ma’naviy ta’sirchanligini modifikatsiyalash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan F3-2016-0908165532. «Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» (2017-2020 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 9 apreldagi 63-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiyot darslarida  «Shahriyor» dostonini o‘rganish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish