Tursunov Xurshid Obitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ««Varikoznet» gelining sifatini nazorat qilish usullarini ishlab chiqish», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Far70.
Ilmiy rahbar: Sharipov Avez To‘ymurodovich, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Urmanova Flyura Faridovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Nishanbaev Sabir Zaripbaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy soxta kashtan xomashyosidan essin substansiyasini olish, standartlash hamda uning asosidagi «Varikoznet» gelining sifatini nazorat qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor coxta kashtan urug‘idan essin substansiyasi olingan va uning tarkibidagi izomerlari hamda hosilalarining sifat va miqdoriy tarkibi fraksiyalarga ajratilgan holda YuSSX-MS usulida aniqlangan;
ilk bor antitrombotik va kapillyarprotektorlik ta’sir ko‘rsatuvchi essin va oltingugurt saqlagan organik birikmalar kompozisiyasi asosida «Varikoznet» gelining standartlash usullari ishlab chiqilgan, chinligi va sifatiga oid me’zonlar aniqlangan;
«Varikoznet» geli uchun taklif etilgan miqdoriy tahlil usuli ICH Topic Q2 (R1) «Validation of Analitical Procedures: Text and Methodology» talablari bo‘yicha validatsiya qilingan;
«Varikoznet» gelining antitrombogen, kapillyarprotektorlovchi xususiyatlari va bezararligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Varikoznet» gelining sifatini nazorat qilish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Antikoagulyantlik, antiagregantlik va kapillyarprotektorlik ta’sirga ega bo‘lgan farmatsevtik kompozisiya» ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 06098, 2019 y). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida yangi kombinirlangan tarkibli yumshoq dori shaklini ishlab chiqarish imkonini bergan;
essin substansiyasi uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish» davlat markazi DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish» Davlat markazi DUKning 2021 yil 8 oktyabrdagi 686-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi import o‘rnini bosuvchi mahaliy xomashyolar asosida olingan substansiyalar assortimentini kengaytirish imkonini beradi;
«Varikoznet» dori vositasi uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish» davlat markazi DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish» Davlat markazi DUKning 2021 yil 8 oktyabrdagi 686-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy hujjatlarning tasdiqlanishi antikoagulyantlik, antiagregantlik va kapillyarprotektorlik dori vositalarni ishlab chiqarish imkonini beradi.