Tulyaganova Nargiza Shermatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Chadak ma’danli maydoni oltin namoyandalari hosil bo‘lishining strukturaviy geodinamik sharoitlari», 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/GM87.
Ilmiy rahbar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Mamatxon Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Raziqov Odil Taxirdjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chadak ma’danli maydonida oltin namoyandalarini hosil bo‘lishida strukturaviy-geodinamik sharoitlarini o‘rganish asosida, yangi qidiruv baholash belgilari majmuasini ishlab chiqish va yangi istiqbolli maydonlar ajratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chadak ma’danli maydonidagi Guzaksoy va Oqbuloq-Qoraqo‘ton yoriqlari ma’danni nazorat qiluvchi (bir vaqtning o‘zida ma’dan chiqaruvchi va ma’dan qamrovchi) strukturalar ekanligi aniqlangan;
Guzaksoy konining strukturaviy joylashuvi ma’danni nazorat qiluvchi Guzaksoy va Oqbuloq-Qoraqo‘ton yoriqlari oralig‘idagi parchalanish zonasi bilan, ularning kengaygan qismlari va ko‘ndalang uzilmalarning kesishish zonalari bilan ifodalanganligi aniqlangan;
ma’dan hosil bo‘lish davridagi geodinamik holat tashqi kuchlar ta’siri va ma’dan maydonining o‘ziga xos strukturasi - shimoliy-g‘arbiy, kenglik va shimoliy-sharqiy yoriqlarning mavjudligida namoyon bo‘lganligi aniqlangan; 
ma’dan joylashuv geodinamikasi shimoliy-g‘arbiy yoriqlarning faollashishi bilan tavsiflanadi, Guzaksoy va Oqbuloq yoriqlari bilan kesishish uchastkasida oltin ma’danlashuv joylashishi uchun qulay bo‘lgan strukturalarning yuzaga kelishi bilan kuzatiladigan lokal cho‘zilish deformatsiya zonalarini shakllantirilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Chadak ma’danli maydoni oltin namoyondalari hosil bo‘lishining strukturaviy-geodinamik sharoitlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Guzaksoy konida oltin namoyondalarining geologik, tektonik va strukturaviy pozisiyalari Geologiya va geofizika instituti amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 30 iyundagi 02-20-son ma’lumotnomasi). Natijada, Oqbuloq-Qoraqo‘ton va Guzaksoy yoriqlari orasidagi zonaning janubiy-g‘arbiy qismida oltin ma’danlashish uchun qulay bo‘lgan submeridional va shimoliy-g‘arbiy yoriqlarning kesishish uchastkalarini ajratish imkonini bergan;
ma’dan hosil bo‘lish davridagi vaziyat modeli, bashorat qilish-izlash mezonlari Geologiya va geofizika instituti amaliyotiga  joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 30 iyundagi 02-20-son ma’lumotnomasi). Natijada, shimoliy-g‘arbiy yoriqlar zonalarida uzilish strukturasi tizimini ajratishga va  oltin ma’danlashuvining aniqlanishiga  imkoniyat yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish