Sayt test rejimida ishlamoqda

Mo‘minjonov Mirjalol Muqimjon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘simlik chiqindilari asosida yangi biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari olish va ularning kimyoviy tarkibi», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/K119
Ilmiy maslahatchi: Asqarov Ibrohim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K.60.05.
Rasmiy opponentlar: Karimqulov Qurbonqul Mavlonqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Xo‘jaev Vaxobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Shamshidinov Isroiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Etakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayrim o‘simlik chiqindilari asosida, tarkibida virusli gepatit S, gipoterioz va endemik buqoq kasalligini davolash va oldini olish xususiyatiga ega biologik faol kimyoviy birikmalar saqlagan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalarini yaratish hamda ularni kimyoviy tarkibi va tuzilishini aniqlash asosida TIF TN bo‘yicha tegishli kod raqamlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virusli gepatit S, gipoterioz va endemik buqoq kasalliklarini samarali davolash va oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan yangi oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqilgan;
oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibidan ajratib olingan amentoflavon, karvakrol, kversitrin, avenatsin moddalarining tarkibi va tuzilishi aniqlangan;
“Asdavo” va “Alkaman” oziq-ovqat qo‘shilmalarining antioksidantlik faolligi aniqlanganda “Alkaman” oziq-ovqat qo‘shilmasining antioksidantlik faolligi boshqalarga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan;
“Asdavo” va “Alkaman” oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibida gepatit S virusiga qarshi faol bo‘lgan amentoflavon, karvakrol, kversitrin, avenatsin birikmalari, hamda ko‘p miqdorda yod moddasi borligi aniqlangan;
“Asdavo”  va “Alkaman” tabiiy yangi oziq-ovqat qo‘shilmalariga kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha tovar kodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘simlik chiqindilari asosida biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqish, ulardan ajratib olingan birikmalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi asosida sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Asdavo”  va “Alkaman” yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsatnoma olingan (№000840, 2021 y.). Natijada, tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish  imkonini bergan;
“Asdavo” va “Alkaman” oziq-ovqat qo‘shilmalarini “Oltin Vodiy  tabiati” MChJ da yalpi mahsulot sifatida ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy Sertifikatlash tizimi tomonidan muvofiqlik sertifikati olingan (№UZ.SMT.01.378.70229385, 2021 y.; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 sentyabrdagi 06.8/1244-son xati, 2021 yil 9 sentyabrdagi 362427-son xulosasi). Natijada, mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalarini talab darajasida identifikatsiyalash imkonini bergan;
“Asdavo”  va “Alkaman” oziq-ovqat qo‘shilmalariga TIF TN bo‘yicha “qovun urug‘i hamda po‘sti, suli kepagi, dalachoy va jambil ildizi asosida tayyorlangan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari”  uchun – 1212300003, “yong‘oq mevasi chiqindilari asosida tayyorlangan, ayrim dorivor o‘simlik qismlari bilan boyitilgan  tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari” uchun – 1212300004 kod raqamlari bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 22 yanvar`dagi 02-16/-0026-son ma’lumotnomasi). Natijada, shu kabi oziq-ovqat qo‘shilmalarini eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish