Sayt test rejimida ishlamoqda

Xo‘janazarov O‘ktam Eshtemirovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo havzasining tog‘oldi yaylovlari monitoringi va ekologik optimallashtirish», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/B23.
Ilmiy maslahatchi: Xasanov Furqat Orunbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.V.79.01.
Rasmiy opponentlar: Shamuratova Nagima Genjemuratovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mavlanov Xudargan, biologiya fanlari doktori, professor; Turabaev Akmal Normo‘minovich, biologiya fanlari doktori.  
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo havzasining tog‘oldi yaylovlarining zamonaviy holatini baholash va yaylovlaridan samarador foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘ va tog‘oldi yaylovlarining 7 yaylov guruhi, 7 ta yaylov tipiga mansub 20 ta yaylov xillarini o‘z ichiga olgan zamonaviy tasnifi ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo havzasi tog‘oldi va tog‘ yaylovlarida tarqalgan 60 oila va 232 turkumga mansub 371 turlar aniqlagan; 
yaylovlarning yuqori, o‘rta va past qiymatli guruhlari aniqlangan hamda yaylovlar transformatsiyasini harakatlantiruvchi faoliyat turlari baholangan;
yaylovlarning mavsumiy foydalanishiga ko‘ra guruhlari va turli omillar natijasida foydalanish shakllarining o‘zgarishlari asoslangan; 
tog‘ va tog‘oldi yaylovlarning degradatsiyasi va uni ekologik optimizatsiyalash modeli yaratilgan;
yaylovlarda tarqalgan 5 ta Qizil kitobga kiritilgan turlar 12 ta senopopulyasiyalarining ekologik-fitotsenotik tarqalishi aniqlangan hamda senopopulyasiyalarning strukturalari ochib berilgan; 
Qashqadaryoning tog‘oldi yaylovlarida keng tarqalgan 9 tur dorivor o‘simliklar tarkibidagi biologik faol moddalarning o‘zaro va mavsum davomidagi o‘zgaruvchanlik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qashqadaryo havzasining tog‘oldi yaylovlari monitoringi va ekologik optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
24 ta kartografik birlikdan iborat bo‘lgan M1:200000 masshtabli  “Qashqadaryo havzasining tog‘ va tog‘oldi yaylovlari xaritasi” ning  elektron raqamli formati (*sph) va uning izohi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 10 maydagi 02/027-2017-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo havzasining tog‘ va tog‘oldi yaylovlarining topo-tipologik tuzilishini aniqlash va mavsumiy hosildorligini baholash imkonini bergan; 
yaylov chorvachiligi va sug‘orma dehqonchilikni rivojlanishi bilan shakllangan inqirozga moyil yaylovlar xillarini saqlab qolish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jalik boshqarmasiga qarashli yaylovlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 10 maydagi 02/027-2017-son ma’lumotnomasi). Natijada, haddan tashqari boqilish natijasida degressiyaga moyil yaylov konturlarini aniqlash va transformatsiyaga uchragan yaylovlarni tizimli boshqarish imkonini bergan;
Plocama alshehbazii turining tarqalishi va populyasiyalarini muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 19 apreldagi 0302/8-151-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi ma’lumotlar asosida tuzilgan turning tavsifidan O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning navbatdagi nashrida (I-jild. O‘simliklar, 2019) foydalanish imkonini bergan;
Qashqadaryo havzasida keng tarqalgan 9 tur dorivor o‘simliklarning biokimyoviy tarkibi, ularning tarqalishini va resurs imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qashqadaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 30 apreldagi 04/21-1932-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mentha longifolia, Melissa officinalis, Ziziphora pamiroalaica, Carum carvi dorivor, ziravor va oziq-ovqat turlari tarqalgan maydonlarni belgilash va resurslaridan oqilona foydalanish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish