Sayt test rejimida ishlamoqda

Otaboev Xusan Abdusobirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida soddalashtirilgan sxema buyicha oddiy superfosfat olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2238.
Ilmiy rahbar: Radjabov Ruzmat, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori; Turdialiev Umid Muxtoralievich, texnika fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum (MQ) fosforitlarini angidritli rejimda ikki bosiqli parchalash asosida soddalashgan tizim bo‘yicha donadorlangan superfosfat olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
past navli fosforitlarni konsentrlangan sul`fat kislotasi bilan angidritli rejimda parchalash imkoniyati asoslangan;
konsentrlangan fosfor kislotasi, angidrit va monokal`siyfosfat hosil bo‘lish mexanizmini ta’minlovchi fosfat xomashyosiga ikki bosqichli ishlov berishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
donadorlangan superfosfat olishning asosli ikki bosqichli usuli ishlab chiqilgan;
oddiy superfosfat olishning mustahkam donalarini olishga imkon beruvchi neytrallash, namlash, donadorlash va quritishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
donadorlangan superfosfat olishning jadallashgan, resurstejamkor va soddalashgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
MQ fosforitlarini donadorlangan superfosfatga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fosforit unini angidritli rejimda ikki bosqichli sul`fat kislotali parchalash yo‘li bilan oddiy superfosfat olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2022 yil 11 yanvardagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada, fosfordan tashqari kal`siy va oltingugurt tutgan donadorlangan birlamchi fosforli o‘g‘it olish imkonini bergan;
yuvib quritilgan va yuvib kuydirilgan konsentratlarni angidritli rejimda ikki bosqichli sul`fatkislotali parchalash yo‘li oddiy superfosfat olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2022 yil 11 yanvardagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida yaxshi o‘zlashuvchan gips tutganligi evaziga samarali tuproq strukturasini hosil qiluvchi va kimyoviy meliorant olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish