Sayt test rejimida ishlamoqda

Qirg‘izbaev Xusniddin Xasanbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gialuron kislotaning doksorubisin bilan modifikatsiyalangan hosilalari va ularning o‘smaga qarshi faolligini o‘rganish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K241.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Baxtiyor Ikromovich,, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Boboev Baxrom Nurillaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mirzaahmedov Sharofiddin Yashinovich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gialuron kislotaning doksorubisin bilan modifikatsiyalangan hosilalarini olish, reaksiya sharoitlarini  hamda o‘smaga qarshi biologik faolliklari va farmakotoksikologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gialuron kislotani kislotali depolimerlash reaksiyasida polisaxarid zanjirining o‘zgarishi, kichik molekulyar massali gialuronanlar olishning maqbul reaksiya sharoitlari aniqlangan;
sul`fatlangan gialuron kislota hosilalarining gomogen sintez usuli, yuqori sul`fatlanish darajasidagi sul`fat hosilalar olishning maqbul reaksiya sharoitlari ishlab chiqilgan;
gialuron kislota va sul`fatlangan gialuron kislotaning doksorubisin bilan modifikatsiyalangan hosilalari sintez qilingan, ularning tuzulishi fizik-kimyoviy usullar yordamida isbotlangan;
gialuron kislotaning doksorubisin bilan modifikatsiyalangan hosilalarini o‘smaga qarshi biologik faolliklari, farmako-toksikologik xususiyatlari, struktura-faollik o‘zaro bog‘liqliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gialuron kislota asosida o‘smaga qarshi faollikka ega makromolekulyar tizimlar sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smalarga qarshi ta’sirga ega oligogialuron va foliy kislotalari va doksorubisin asosidagi biokon’yugat uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06578, 2021 y.). Natijada, xavfli o‘sma kassalliklariga qarshi samarali, yo‘naltirilgan ta’sirga ega dori vositasini yaratish imkonini bergan;
gialuron kislota, uning sul`fatlangan va doksorubisin bilan modifikatsiyalangan hosilalarini olinish usullari va olingan namunalardan Xitoy Fanlar akademiyasi, Shinjon fizika va kimyo-texnika institutining «International Science and Technology Center Projects» loyihasida turli o‘smalarga qarshi faolliklarni aniqlashda foydalanilgan (Xitoy Fanlar akademiyasi, Shinjon fizika va kimyo-texnika instituti ma’lumotnomasi). Natijada, polisaxaridlar hosilalarining o‘smaga qarshi faollik mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish