Sayt test rejimida ishlamoqda

Xamidov Rustam Abdugafurovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ko‘pikli mahsulotga alohida ishlov berish natijasida biokekni qayta ishlash texnologik ko‘rsatkichlarini oshirish», 04.00.14 ‒ Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1556.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ulugbek Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘pikli mahsulotga alohida ishlov berish natijasida biokekni qayta ishlash texnologik ko‘rsatkichlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moddiy-miqdoriy va mineral tarkibni o‘rganish natijalariga ko‘ra, ilk bora ko‘pikli mahsulotning biokekka nisbatan yuqori murakkablikka ega ekanligi aniqlangan; 
ko‘pikli mahsulot tarkibidagi oltin miqdorining uglerod miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan, bunda oltinning (sul`fidlarda) uglerodli moddalar tarkibiga sul`fidli minerallar va uglerodli moddalarning o‘zaro o‘sishi shaklida singib ketganligi aniqlangan;
differensial termik tahlil natijalariga ko‘ra kuydirish paytida ko‘pikli mahsulot tarkibiy komponentlarining o‘zgarish qonuniyatlari o‘rganilgan va ko‘pikli mahsulotni oltingugurtdan tozalash va uglerodsizlantirish yuqori darajasi amalga oshiriladigan jarayonning optimal harorati (444-529°C) aniqlangan;
biooksidlash jarayonining ko‘pikli mahsulotini ajratib olib alohida qayta ishlash bilan flotatsion boyitmani qayta ishlashning optimal parametrlari aniqlangan va hozirda mavjud bo‘lgan sxema bilan solishtirganda oltin ajratib olish darajasini 3,5% ga oshirish imkonini beradigan texnologik sxema ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ko‘pikli mahsulotga alohida ishlov berish natijasida biokekni qayta ishlash texnologik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘pikli mahsulotni ajratib olib uni alohida qayta ishlash orqali ko‘piklanishga qarshi kurashish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati 3-son Gidrometallurgiya zavodi biooksidlash jarayonida joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 02 noyabrdagi 02-02-06/10583-son ma’lumotnomasi). Natijada, biooksidlash reaktorlarida ko‘pik miqdorini kamaytirish va biokekni sorbsion sianlash jarayonida qayta ishlashning sifat ko‘rsatkichlari yaxshilash imkonini bergan; 
biooksidlash jarayonidagi ko‘pikli mahsulotini ajratib olib unga alohida ishlov berish orqali flotatsion boyitmani kompleks qayta ishlash texnologiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi 3-son Gidrometallurgiya zavodida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 02 noyabrdagi 02-02-06/10583-son ma’lumotnomasi). Natijada, sorbsion sianlash bosqichida metall ajratib olinishi o‘rtacha 3,5 foizga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish