Sayt test rejimida ishlamoqda

Asrorov Anvar Axror o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Markaziy Qizilqum past navli fosforit rudalarini boyitishning biotexnologik usulini ishlab chiqish», 04.00.14 ‒ Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1553.
Ilmiy rahbar: Doniyarov Nodirjon Abduxakimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Alimov Umarbek Kadirbergenovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Qizilqum past navli fosforit rudalarini boyitishning biotexnologik usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
past navli fosforit rudalarining kimyoviy va minerologik tarkibi shuningdek ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor sanoat va maishiy-xo‘jalik chiqindi suvlarining kimyoviy tarkibi va biologik tarkibi o‘rganilib, mikroorganizmlarning fosforit rudasiga ta’siri hamda bakterial usulda boyitish texnologik sxemasi va jarayonining optimal rejimlari ishlab chiqilgan;
fosforit rudasining faol loyqa mikroflorasi bilan ta’sirlashishi jarayonidagi fizikaviy va kimyoviy omillarni (rN muhit, azot, fosfor, kal`siy va boshqa elementlarning miqdori, jarayon davomiyligi, Q:S nisbati, aeratsiya darajasi va boshqalar) belgilash orqali frankolit va kal`sitni parchalashning maqbul rejimlari ishlab chiqilgan;
faol loyqa mikroflorasining bakterial ta’sirida fosforitlar tarkibida minerallar parchalanish mexanizmi asosida dastlabki, oraliq va oxirgi noorganik va organik birikmalar hamda kislotali aralashmalar tarkibining sifat va miqdoriy o‘zgarishlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Markaziy Qizilqum past navli fosforit rudalarini boyitishning biotexnologik usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat va maishiy-xo‘jalik chiqindi suvlarining kimyoviy va biologik tarkibi aniqlanib, faol loyqa mikroflorasi bilan fosforit rudalarini ta’sirlashishining eng samarali, havo yordamida aralashtirish usuli «Elektrokimyozavod» QK AJning azot birikmalari asosida azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoatida amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2021 yil 10 sentyabrdagi 85-son ma’lumotnomasi). Natijada, faol loyqada mavjud bo‘lgan azot, fosfor, kaliy va fosforit rudasi tarkibidagi P2O5, CaO, MgO larning eruvchan qismini oshirib, sifatli boyitma olish imkonini bergan;
faol loyqani qo‘llab past navli fosforit rudalarini biotexnologik boyitishning texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJning azot birikmalari asosida azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoatida amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2021 yil 10 sentyabrdagi 85-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan boyitma tarkibida R2O5 miqdorini 6% ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish