Xusanov Durbek Nishonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mamlakatda investision faollik mexanizmi samaradorligini oshirish yo‘nalishlari», 08.00.07–“Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Iqt90.
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xaydarov Nizomiddin Xamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakat iqtisodiyotiga investisiyalarni jalb qilish va investision faollik mexanizmi samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga mahsulot ishlab chiqarishda va o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni import qilganda, qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojini foizlar hisoblanmagan va ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqini berish taklif etilgan;
investisiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashda investisiya qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan, o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan hollarda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi taklif etilgan;
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarining foydalanilmay qolgan qismi uchun ular tomonidan kiritilgan investisiyalar hajmidan kelib chiqqan holda, ular reestrga kiritilgan sanadan boshlab 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatlarda imtiyozni to‘liq qo‘llanilishi taklif etilgan;
erkin iqtisodiy zonalarning investisiyaviy jozibadorligini hududdagi har ming nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha miqdorini aniqlash yo‘li bilan baholash taklif etilgan.
yirik investisiya loyihalari bo‘yicha investorlarga er maydonlarini ajratishda “kiritiladigan (jalb qilinadigan) investisiya miqdori”, “ishlab chiqariladigan jami mahsulotlardan eksport qilinadigan mahsulot-larning ulushi”, “faoliyatida yuqori texnologiya va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning ulushi”, “ish bilan ta’minlanadigan fuqarolarning o‘rtacha yillik soni” asosida eng yaxshi taklif bo‘yicha tanlab olishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamlakatda investision faollik mexanizmi samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga 2021 yil 15 sentyabrdan boshlab mahsulot ishlab chiqarishda va o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni import qilganda, qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojini foizlar hisoblanmagan va ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi berilishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 sentyabrdagi “Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5243-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi 06/04-02-32/2219-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida 2021 yil 9 oy yakunlariga ko‘ra, maxsus iktisodiy zonalar ishtirokchilariga berilgan solik imtiyozlari summasi 563 mlrd.so‘mni tashkil qildi;
xorijiy hamda mahalliy investorlar ishtirokidagi investisiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash ishlarini takomillashtirish investorning qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan, uning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investisiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 avgustdagi “Investisiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5233-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi 06/04-02-32/2219-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida 2021 yil 9 oy yakunlariga ko‘ra, belgilangan talablar asosida investisiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni 8 mlrd.so‘mlik zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi;
maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish, investorlar faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlari himoyasini mustahkamlash maqsadida maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor bo‘lganligi munosabati bilan mazkur soliq imtiyozlarining foydalanilmay qolgan qismi 2020 yil 1 oktyabrga qadar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reestriga kiritilgan ishtirokchilar uchun, ular tomonidan kiritilgan investisiyalar hajmidan kelib chiqqan holda, ular reestrga kiritilgan sanadan boshlab 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatlarda to‘liq qo‘llanilishi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 sentyabrdagi “Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5243-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi 06/04-02-32/2219-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida 2021 yil 9 oy yakunlariga ko‘ra, maxsus iktisodiy zonalar ishtirokchilariga berilgan solik imtiyozlari summasi 357 mlrd.so‘mni tashkil qildi;
erkin iqtisodiy zonalarning investisiyaviy jozibadorligini baholash tartibini belgilashda indikatorlardan foydalanish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 yanvardagi “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 8-son Qarorining “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 06/04-01-32/289-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridan samarali foydalanish ko‘rsatkichini hisoblash tartibi takomillashtirilgan;
hududlarda yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish va baholash mezonlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 sentyabrdagi “Yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 592-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi 06/04-02-32/2219-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida mamlakatda yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibi takomillashtirildi.