Sayt test rejimida ishlamoqda

Hajiev Ulug‘bek Qo‘ziboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Korxona fuqarolik-huquqiy munosabatlarning ob’ekti sifatida: nazariy va amaliy echimlar», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xucuciy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.1.PhD/Yu244.
Ilmiy rahbar: Kamalov Oybek Axmatovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sud`yalar oliy maktabi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Topildiev Voxidjon Raximjonovich, yuridik fanlar doktori, professor;  Imamov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor. 
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning ob’ekti sifatida korxonaning huquqiy maqomi, holati va unga taalluqli huquq normalarini qo‘llash bo‘yicha ilmiy-nazariy, amaliy tavsiyalar hamda takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha bitimni insofli ravishda tuzgan taraflar Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridagi noto‘g‘ri axborot oqibatida ko‘rgan zararlari tegishli davlat organlari tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida qoplanishi lozimligi asoslantirilgan;
kreditorlar huquqlarini himoya qilinishi, qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatining bajarilishi  ta’minlash, kreditorlarning talablari reestriga kiritiladigan pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlarning iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ish ko‘zg‘atish tartib taomillari belgilash asoslantirilgan.
tashkiliy-huquqiy shakli jihatidan xususiy korxona o‘zining to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan, joylashgan eri ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘lishi hamda xususiy korxona muhrida bir vaqtning o‘zida uning firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkinligi asoslab berilgan;
davlat korxonasining o‘z faoliyatidan olingan daromadlari, shuningdek, davlat korxonalarining boshqa jamiyat ustav fondidagi ulushi bo‘yicha dividendi davlat korxonasining mulki bo‘lishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Korxona fuqarolik-huquqiy munosabatlarning ob’ekti sifatida: nazariy va amaliy echimlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
fuqarolik-huquqiy munosabatlarning ob’ekti sifatida korxonaga doir huquqlarini davlat ro‘yxatidan ko‘chmas mulk tarzida ro‘yxatga olinishiga, mulkiy kompleks sifatida korxona tarkibiga kiruvchi moddiy va nomoddiy ne’matlarni davlat reestridagi noto‘g‘ri axborot oqibatida ko‘rgan zararlar sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida qoplanishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2021 yil 18 yanvardagi 04/2-02-11-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar tashkil etilgan korxonalarni ko‘chmas mulk sifatida kadastrga doir huquqlaridan samarali va maqsadli foydalanishning huquqiy mexanizmlarini hamda korxonalarni davlat reestridagi noto‘g‘ri axborot oqibatida ko‘rgan zararlar sud organlari tomonidan samarali huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga xizmat qilgan.
kreditorlar huquqlarini, qarzdorning kreditorlar oldagi majburiyatining bajarilishi  ta’minlashiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020 yil 21 fevraldagi 05-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga” o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb xisoblash to‘g‘risida”gi qarorining 19 bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 7 dekabrdagi 11-83-21-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kreditorlarning talablari reestriga kiritiladigan pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlarning iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ish ko‘zg‘atish tartib taomillarini belgilashga xizmat qilgan.
xususiy korxona huquqiy maqomini va uni nomoddiy ne’mat elementlariga bo‘lgan huquqlarini yanada ta’minlashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2021 yildagi 18 yanvardagi 04/2-02-11-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar xususiy korxonalarga xujjatlarni rasmiylashtirish jarayonining engillashtirilishiga, elektron imzo, xujjatlar almashinuvida avtomatlashtirilgan tizimga o‘tilishiga xizmat qilgan;
davlat korxonasining o‘z faoliyatidan olingan daromadlarga bo‘lgan huquqiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyundagi “Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan davlat korxonalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 14-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 7 dekabrdagi 12/21-52-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi davlat korxonalarining boshqa jamiyat ustav fondidagi ulushi bo‘yicha dividendi davlat korxonasining mulki bo‘lishining huquqiy asoslarini yaratishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish