Raxmonazarov Paxlovon Yigitalievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarning iqtisodiy-ekologik tizimlarini boshqarish samaradorligini oshirish”, 08.00.13 – Menejment va 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/ Iqt 571.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zmetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattorov Saidmurod Abdusharipovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Makroiqtisodiy tadqiqotlar va prognozlashtirish ilmiy tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hududlarning iqtisodiy-ekologik tizimlar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qayta tiklanuvchi va noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirishda elektr energiyasini tarmoqqa etkazib berishning xarid tarifini 0,7 koeffisientda belgilash taklif etilgan;
hududlarni  iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirishda ishlab chiqarishida chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalar joriy etgan korxonalarga imtiyozli kreditlar taqdim etish taklif etilgan; 
hududlarning iqtisodiy-ekologik tizimlari holatini tahlikali – (0-0,25), barqaror emas – (0,26-50), yaxshi – (0,51-0,75), barqaror – (0,76-1,0) shkalalari asosida baholash taklif etilgan;
chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalar, elektr energiyasini xarid tarifini joriy etish natijasida atmosferasiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarni chiqish hajmini 2024 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Iqtisodiy-ekologik tizimlarni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qayta tiklanuvchi va noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirishda elektr energiyasini tarmoqqa etkazib berishning xarid tarifini 0,7 koeffisientda belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son «2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi  Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021yil 23 noyabrdagi 03-02/8-1800-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona viloyati korxonalarida elektr energiyasiga to‘lov 27,5 %ga kamaygan;
hududlarni  iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirishda ishlab chiqarishida chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalar joriy etgan korxonalarga imtiyozli kreditlar taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son «2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi  Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 23 noyabrdagi 03-02/8-1800-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar natijasida 2020 yilning oxiriga kelib Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan yirik sanoat korxonalari tomonidan ifloslantiruvchi moddalarning hajmi 2,7 foizga kamaygan;
hududlarning iqtisodiy-ekologik tizimlari holatini tahlikali – (0-0,25), barqaror emas – (0,26-50), yaxshi – (0,51-0,75), barqaror – (0,76-1,0) shkalalari asosida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son «2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi  Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 23 noyabrdagi 03-02/8-1800-son ma’lumotnomasi). Natijada “Farg‘onaazot” OAJ, “Kvars” OAJlarning iqtisodiy-ekologik tizimining 2020 yildagi holati baholanib, muammoli nuqtalar aniqlangan, ushbu korxonalarda sanoat chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalar, elektr energiyasini xarid tarifini joriy etish natijasida atmosferasiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarni chiqish hajmini 2024 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021yil 23 noyabrdagi 03-02/8-1800-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida kam chiqitli va atmosferasiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishni kamaytirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish