Zagrebel`skaya Milena Vladimirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integratsion rejalashtirish asosida neft-gaz kompleksdagi yuqori texnologik korxonalarni moddiy-texnik ta’minlash samaradorligini oshirish», 08.00.03 – «Sanoat iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt638.
Ilmiy rahbar: Xashimova Naima Abitovna, iktisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.04.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Gul`nara Mardievna, iqtisodiet fanlari doktori; Ivonina Irina Ernestovna, iqtisodiet fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: integratsion rejalashtirish asosida neft-gaz kompleksidagi yuqori texnologik korxonalarni modiy-texnik ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar va tavciyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi logistika xizmatini samarali tashkil qilishni integratsion rejalashtirishda xizmat faoliyatining barcha para-metrlarini taktik va strategik jihatdan mahsulotning bozor raqobatbar-doshligi, zahiralar hajmini optimallashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari, jumladan qidiruv, qazib olish, qayta ishlash quvvatlari talablariga muvofiq tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
jami etkazib berish xarajatlari tarkibida logistika boshqaruvi xarajatlari ulushi boshqaruv xodimlari sonining optimal darajasiga ko‘ra 4-6 foiz va texnologik talablarga ko‘ra ishlab chiqarish siklini tashkil qilishni e’tiborga olgan holda zaxiralarni saqlash xarajatlari 30-35 foiz darajasida bo‘lishi asoslangan;
buyurtma bajarilish davrining davomiyligi, jami etkazib berish xarajatlariga nisbatan moddiy-texnika zaxiralarini saqlash va logistika xarajatlari ulushini hisobga olgan holda moddiy-texnika ta’minoti va logistika xodimlari faoliyatini baholash asosida xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy etish zarurati asoslangan;
etkazib berish va logistika xarajatlarini maqbullashtirish, yuklash-tushirish jarayoniga robottexnikasini joriy etish va quvur transportini modernizatsiya qilishni hisobga olgan holda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi daromadi oshishining 2025 yilgacha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Integratsion rejalash-tirish asosida neft-gaz korxonalarini moddiy-texnika ta’minoti samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi logistika xizmatini samarali tashkil qilishni integratsion rejalashtirishda xizmat faoliyatining barcha para-metrlarini taktik va strategik jihatdan mahsulotning bozor raqobatbar-doshligi, zahiralar hajmini optimallashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari, jumladan qidiruv, qazib olish, qayta ishlash quvvatlari talablariga muvofiq tashkil qilish bo‘yicha takliflar Shurtan gaz-kimyo muajmuasi faoliyatiga joriy etilgan (Shurtan gaz-kimyo majmuasining 2021 yil 4 iyundagi 030/2814-son, “O‘zbekneftgaz” AJ 2021 yil 4 iyundagi 03-17-5-son ma’lumotnomalari). Taklifning joriy qilinishi 2020 yil yakunlari bo‘yicha korxonaning zaxiralar hajmini 20% kamaytirish va unga mos holda logistik harajatlarning qisqarishiga imkon bergan;
jami etkazib berish xarajatlari tarkibida logistika boshqaruvi xarajatlari ulushi boshqaruv xodimlari sonining optimal darajasiga ko‘ra hamda texnologik talablarga ko‘ra ishlab chiqarish siklini tashkil qilishni e’tiborga olgan holda zaxiralarni saqlash xarajatlari darajasi bo‘yicha takliflar Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi amaliyotiga joriy etilgan (Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining 2021 yil 4 iyundagi 030/2814-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 4 iyundagi 03-17-5-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif logistik jarayonni optimal tashkil qilish negizida korxona zaxiralar hajmini 20% kamaytirish imkonini bergan;
buyurtma bajarilish davrining davomiyligi, jami etkazib berish xarajatlariga nisbatan moddiy-texnika zaxiralarini saqlash va logistika xarajatlari ulushini hisobga olgan holda moddiy-texnika ta’minoti va logistika xodimlari faoliyatini baholash asosida xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy etish taklifi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi personalni boshqarish amaliyotiga joriy qilingan (Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining 2021 yil 4 iyundagi 030/2814-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 4 iyundagi 03-17-5-son ma’lumotnomalari). Taklifning joriy qilinishi tegishli xodimlar tomonidan vazifalarning aniq , muddatida va sifatli bajarilishi hisobiga moddiy-texnika ta’minoti va logistika xodimlari mehnat unumdorligini 5 foizga oshirish imkonini bergan;
etkazib berish va logistika xarajatlarini maqbullashtirish, yuklash-tushirish jarayoniga robottexnikasini joriy etish va quvur transportini modernizatsiya qilishni hisobga olgan holda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi daromadi oshishining 2025 yilgacha prognoz parametrlari bo‘yicha taklif-lardan korxona strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining 2021 yil 4 iyundagi 030/2814-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 4 iyundagi 03-17-5-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflar ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish, logistika jarayoni va logistika kanallarini modernizatsiyalash hisobiga daromadni oshirish imkoniyatini yaratgan.