Sayt test rejimida ishlamoqda

Xoliqov Alisher Isan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Shahar magistral ko‘chalarining transport-ekspluatatsion holatini transport shovqiniga ta’sirini baholash va prognozlash (Toshkent shahri misolida)”, 05.09.02 - “Asoslar, poydevor va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar va metropolitenlar” 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2548.    
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.18/30.12.2019.T.09.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Azizov Qudratilla Xusanovich, t.f.n., professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Djabbarov Saidburxan Tulaganovich (Toshkent davlat transport universiteti); texnika fanlari nomzodi Sattarov Alisher Abduvaxabovich ("Toshkent GID" MChJ). 
Etakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shahar magistral ko‘chalarining transport-ekspluatatsion holatini va ko‘kalamzorlashtirish darajasini transport shovqiniga ta’sirini baholash va uning o‘zgarishini prognozlash orqali transport shovqini darajasini pasaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar magistral ko‘chalarida harakat miqdori, tezligi, tarkibi hamda qoplamaning ravonligi va g‘adir-budirligini transport shovqiniga kompleks ta’siri real ko‘cha sharoitida eksperimental tadqiqot natijasida aniqlangan; 
eksperimental tadqiqotlarga ko‘ra shahar magistral ko‘chalarini ekspluatatsiya davrida uchraydigan qoplamadagi nuqsonlarning transport shovqini darajasiga ta’sir chegaralari aniqlangan;  
shahar magistral ko‘chalarini transport shovqini insonlarning salomatligiga ta’sirini inobatga olib baholash mezoni taklif etilgan;
kutilayotgan transport shovqini muammosini oldini olish maqsadida shahar magistral ko‘chalarining kelajakdagi transport-ekspluatatsion holati o‘zgarishi bilan transport shovqiniga ta’sirini prognozlash modeli qoplamaning transport-ekspluatatsion holati va nuqsonlarning ta’sirini inobatga olib takomilashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Shahar magistral ko‘chalarining transport-ekspluatatsion holatini yaxshilash orqali transport shovqini darajasini pasaytirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
shahar magistral ko‘chalarida harakatni tashkil etish va qoplama ustki holatini yaxshilash orqali transport shovqinini pasaytirish bo‘yicha tavsiyalar shahar magistral ko‘chalarini ekspluatatsiya qiluvchi korxona va tashkilotlar uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respbulikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2021 yil 16 dekabragi №03-4860-sonli ma’lumotnomasi). Natijada harakatni tashkil etish orqali transport  shovqini darajasi 7 dBA gacha pasaytirilgan;
shahar magistral ko‘chalarida transport shovqinini pasaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahalliy sharoitda o‘sadigan daraxt turlari, ularni ekish sxemalari va mahalliy sharoitdan kelib chiqib shovqindan himoyalovchi ekranlar o‘rnatish joriy qilingan (O‘zbekiston Respbulikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2021 yil 16 dekabragi №03-4860-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘kalamzorlashtirish usullarini qo‘llash va shovqindan himoya qiluvchi ekranlarni o‘rnatish orqali transport shovqini darajasi 18 dBA gacha pasaytirilgan;
transport shovqinini prognozlash modeli takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respbulikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2021 yil 16 dekabragi №03-4860-sonli ma’lumotnomasi). Modeldan foydalanib shahar magistral ko‘chalarida kelajakdagi transport shovqinini prognoz qilish orqali oldindan chora-tadbirlar va loyiha echimlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish