Sharipova Saodat Islomovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Barqaror kiyim assortimentini loyihalash uslubini tadqiq qilish va ishlab chiqish (maktab o‘quvchilari uchun forma)”, 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2018.2.PhD/T807
Ilmiy rahbar: Muminova Umida Toxtasinovna, texnika fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik–texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik–texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Nabijonova Nargiza Nasimjonovna, texnika fanlari doktori, dotsent, Gafurova Nigora To‘ymurodovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududiy xususiyatlarni va ergonomik qulaylikni ta’minlashni hisobga olgan holda ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun formali kiyimni loyihalash uslubini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlar uchun tikuv buyumlarini loyihalashda zamonaviy maktab formali kiyimning turli ekspluatatsiya shart-sharoitlariga moslashadigan asosiy funksiyalari, ya’ni kostyum shakli, rangi, tarbiyaviy funksiyasi kabi xususiyatlarini inobatga oluvchi so‘rovnoma usuli yordamida tuzilmaviy tizimi ishlab chiqilgan;
sanoat darajasida o‘smirlar formali kiyimlarining ratsional assortimentini shakllantirish jarayonini namoyon etuvchi ratsional garderob parametrlari, transformatsiyalash turlari va konstruktiv echimlari, kiyim komponentlarini konfeksionlash kabi umumlashtirilgan uslubi ishlab chiqilgan;
axborot-kommunikatsiya vositalarini qo‘llash asosida marketing tadqiqotlarni o‘tkazishning usuli takomillashtirilgan bo‘lib, iste’molchilarning yoshga doir xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘smirlar maktab formali kiyimining assortimenti va garderobining ratsional tuzulmasi yaratilgan;
maktab o‘quvchi(ota-ona)sining ijtimoiy xolatiga asoslangan xolda iste’mol vaziyatlariga tayanib kiyim assortimenti va garderobining optimal nomenklaturasiga bog‘liqlik qonuniyati aniqlangan;
transformatsiya tamoyillari va tranformatsiyalanadigan konstruksiyalar klassifikatsiyasi asosida proporsional moslashadigan (adaptatsion) yangi transformatsiya sxemasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar formali kiyimini loyihalash uslubini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘g‘il va qiz bolalar uchun ijtimoiy talablarini yuqoridarajada qondiruvchi formali kiyimlarining yangi sanoat namunalari (SAP 2021 0125, SAP 2021 0126) vako‘p funksional kiyim uchun Rossiya Federatsiyasinig ixtiroga patentlari olingan(RU2717717). Natijadao‘g‘il va qiz bolalar forma kiyimlari va “Keypi” va sumka-ryukzakka transformatsiyalanadigan ko‘p funksiyali kurtkaning original konstruksiyasi va texnologik echimi taklif qilingan;
yaratilgan o‘smirlar formali kiyimining yangi komplekti (jaket va yubka) “OFS” MChJ tikuv buyumlari ishlab chiqarish korxonasiga joriy etilgan (Buxoro sh. Xalq ta’limi bo‘limining 2020 yil 21 oktyabrdagi № 01-541-son ma’lumotnomasi va “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 22 iyundagi №03/14-1935-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish samaradorligi 11,4 %ga oshirish imkonini bergan;
yaratilgan bolalar formali kiyimining yangi komplekti (ustki va kundalik kiyim komplekti) “O`zto`qimachiliksanoat” Uyushmasi tizimida, xususan “IDEAL” tikuv buyumlari ishlab chiqarish korxonasida joriy etilgan(“O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 22 iyundagi №03/14-1935-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish samaradorligi 9,1%ga oshirish imkonini bergan;
yaratilgan bolalar formali kiyimining yangi komplekti (ustki va kundalik kiyim komplekti) Toshkent va Buxoro shahrining “Oxbridge International School”, “Oltin Qanot”, №13 va №23 umumta’lim maktablarida tadbiq etilgan. Natijada bolalarning formali kiyimdan yuqori qoniqishi ta’minlangan va ijtimoiy samaradorlikka erishilgan.