Shaxanova Shaxnoza Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siydik–tanosil tizimi xavfli o‘smalarining ko‘plab osteogen metastazlarini kombinirlangan davolash taktikasini takomillashtirish» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1096.
Ilmiy rahbar: Raximov Nodir Maxammatkulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori; Axmedov Rustam Nasirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sistemali nur terapiyasi bilan target terapiyasi kombinatsiyasini takomillashtirish hamda joriy qilish orqali buyrak va prostata bezi saratonining ko‘plab osteogen metastazlarini davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buyrak va prostata bezi saratonining ko‘plab osteogen metastazlarida suyak to‘qimasining metastatik proliferatsiya o‘choqlarida tanlab to‘planish maqsadida, bifosfonat va nurli radiofarm tizimli majmuada tanlangan o‘smaga ta’sirini inobatga olgan holda target davolashni qo‘llash isbotlangan;
nosteroid anal`getiklar va narkotik anal`getiklarga bo‘lgan talabini pasaytirishda suyaklarni osteolitik va osteoblastik tavsifidagi metastatik shikastlanishini kombinatsiyalashgan osteoprotektiv davolashda shishni oldini olish xisobiga β–nurli radiofarmni qo‘llash samaradorligi isbotlangan;
buyrak etishmovchiligi xolatida an’anaviy davolash (zoledron kislota) qo‘llashga nisbatan taqqoslanganda suyak metastazlari o‘rniga nefrotoksik samaradorligini pasaytirish maqsadida radiofarm dori vositasi tizimini tanlab ta’sir etishi isbotlangan;
birlamchi shikastlanishlar (buyrak), skelet metastazlarini joylashuvi (o‘q suyaklar), patologik sinishlarning mavjudligi, shuningdek, metastazning osteolitik turi prostata va buyraklar saratonida osteogen metastazning o‘sma agressivligi natijasida eng salbiy bashorat omili ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buyrak va prostata bezi saratonida ko‘plab suyak metastazlarini davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha tadqiqot ishi natijalari asosida:
buyrak va prostata bezi saratoni osteogen metastazlarining tashxisida xavf parametrlarini aniqlash usulini taklif etilgan "Buyrak va prostata saratoni simptomsiz suyak metastazlarini va xavf parametrlarini aniqlash yo‘llari" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 8n-r/496-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma buyrak va prostata saratoni simptomsiz suyak metastazlarini va xavf parametrlarini aniqlashni takomillashtirish imkonini bergan.
buyrak va prostata saratoni osteogen metastazining farmakoterapiya usullari, target terapiya va radionuklid terapiyasi taklif etilgan “Siydik tizimining osteogen metastazlari og‘riqlarini target va radionuklid terapiyasi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 8n-r/525 ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma siydik tizimining osteogen metastazlari og‘riqlarini target va radionuklid terapiyasida zamonaviy usullar imkonini bergan;
siydik yo‘llari xavfli o‘smalarining ko‘plab osteogen metastazlarini davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari filiallarining palliativ bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 iyuldagi 8 n-d/225-sonli ma’lumotnomasi). Joriy etilgan natijalar buyrak va prostata bezi saratonini davolashda muddatini qisqartirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.