Ortikova Xilola Ubaydillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon buyni saratoni residivini tashxislashda zamonaviy yondashuv» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib658.
Ilmiy rahbar: Djuraev Mirjalol Dexkanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Kaydarova Dilyara Radikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik (Qozog‘iston Respublikasi); Muxamedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadon bo‘yni saratoni residivini erta tashxislash takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bachadon bo‘yni saratonini kompleks davolashdan so‘ng asimptom va klinik oldi o‘sma qaytalanishini erta tashxislashda, katta vizualizatsiya qobiliyati maqsadida, morfologik tekshiruvdan oldin kol`poskopiya va MRT tekshiruvi natijasida amalga oshirish zarurligi isbotlangan.
ilk bor bachadon bo‘yni saratoni qaytalanishini erta tashxislash va keyinchalik davolash tartibiga immunokompetent (hujayra immunitetining faollashishi hisobiga) SD3 va SD20 xujayralarning bashoratlovchi omil ekanligini qo‘llash maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
davriy nazorat vaqtida patologik soha biopsiyasi bilan kol`poskopik o‘zgarishlar: oq epiteliy, patologik soha transformatsiyasi, «shtopor» shaklidagi tomirlar turi, bachadon bo‘yni xavfli o‘smasini belgisiz qaytalanishining shifxonagacha bo‘lgan bosqichida kuzatiladigan yangi belgilar ekanligi isbotlangan;
bachadon bo‘ynisaratonida G1da 1,19 dan G3 da 6,9 gacha bo‘sag‘a belgilari surilishining sitologik tahlili bilan birgalikdagi kol`poskopiyada bachadon bo‘yni saratonini shifoxongacha bo‘lgan tashxislashdagi  asoratlarni isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bachadon bo‘yni saratoni residivini erta tashxislashni mukamallashtirishda kol`poskopik va immunogistokimyoviy tahlil metodlarni ahamiyatini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bachadon bo‘yni saratoni residivini erta tashxislashni mukamallashtirishda kol`poskopik va immunogistokimyoviy tahlil usullari yordamida olingan ilmiy natijalar asosida «Bachadon buyni saratoni residivini erta tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/377-son ma’lumotnomasi). Natijada ayollarda bachadon bo‘yni saratoni residivini erta tashxislashda kol`poskopik va immunogistokimyoviy tahlil usullari yordamida olingan natijalarni tahlil qilish kasallikni davolash taktikasini tanlash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
bachadon bo‘yni saratoni residivini erta tashxislashni mukamallashtirishda kol`poskopik va immunogistokimyoviy tahlil usullarini ahamiyatini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazining Buxoro va Jizzax viloyatlari filiallarining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 iyundagi 08-09/195-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bo‘yni saratoni residivini tashxislashda kol`poskopiya yordamida maqsadli biopsiyani utkazish diagnostik axamiyatga ega bulib, kasallik kaytalanishini bashoratlash omili xisoblanadi, bachadon buyni saratonida immunogistokimyoviy marker kursatkichi SD3 va SD20 tekshirish, bachadon bo‘yni saratoni residivini aniqlash, davolash taktikasini tanlash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish