Djuraev Farrux Mirjalolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigarga metastaz bergan oshkozon saratoni bilan kasallangan bemorlarni dori vositalari yordamida va kombinirlangan davolash usullari» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 11.12.2017.8
Ilmiy rahbar: Tryakin Aleksey Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Rossiya Federatsiyasi N.N. Bloxin nomidagi Onkologiya Miliy tibbiyot tadkikot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Kamishov Sergey Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori; Akbarov Mirshavkat Miralimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.M.Sechenov nomidagi Moskva Davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigarga sinxron va metaxron metastaz bergan oshqozon saratoni bilan kasallangan bemorlarga simultann jarroxlik va endovaskulyar kimyoterapiyani qo‘llash orqali davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy immunitetni eng kam darajada pasayishi hisobiga, jigar va me’da saratonining sinxron metastazlarida bir yillik yashovchanlikni baholashda metastatik o‘choqni <3 sm dan kichik bo‘lishi, 3 tagacha bo‘lgan yakka o‘choqlar va monolobar shikastlanishlarning ijobiy bashoratlash omili bo‘lishi isbotlangan;
metastatik o‘choqqa ko‘rsatiladigan kimyoprparatni superselektiv ta’sir hisobiga, jigarga metaxron metastaz bergan oshqozon saratoni bilan xastalangan bemorlar tizimli kimyoterapiya usuliga nisbatan uzoq muddatli endovaskulyar kimyoterpevtik davolash usulini past toksiklik darajasiga ega bo‘lgan samaradorligi isbotlangan;
eng kam gepatotoksik ta’sir bilan bog‘liq xolda qiyosiy aspektlarda ECOG shkalasidagi XIPA kimyo va nurli davolash tizimga nisbatan solishtirilganda jigar va me’da saratonining metaxron metastazlarini davolashdan so‘ng bemorlarda jismoniy faollik va hayot sifatini baholashning ijobiy natijalari isbotlangan;
xavfli o‘sma yuklamasini o‘zgarishi hisobiga SA-72,4; SA-19,9 va REA onkomarkerlari darajasini kamayishi yoki ortishi nafaqat birlamchi o‘choqning morfologik tavsifiga, balkim sinxron va metaxron metastazlar diametri, ularning miqdoriy o‘zgarish, shuningdek, yangi o‘choqlarni paydo bo‘lishiga bog‘liq bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigarga metastaz bergan oshkozon saratoni bilan kasallangan bemorlarni dori vositalari yordamida va kombinirlangan davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jigarga metaxron metastaz bergan oshqozon saratonini usullaribo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan«Jigarga metaxron metastaz bergan oshqozon saratonini kompleks davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 9 iyuldagi 8n-d/224-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma jigarga sinxron va metaxron metastaz bergan oshqozon saratoni bilan kasallangan bemorlarni davolash usullarini optimallashtirish imkonini bergan;
jigarga sinxron va metaxron metastaz bergan oshqozon saratoni bilan kasallangan bemorlarni dori vositalari yordamida va kombinirlangan davolash usullari optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari RIOIM Andijon, Samarqand va Jizzax filiallarining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 9 iyuldagi 8n-z/224-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga tatbiq etilishi hisobiga jigarga sinxron va metaxron metastaz bergan oshqozon saratoni bilan kasallangan bemorlarni tashxislash sifatini yaxshilash, kasallikni davolash muddatini qisqartirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish