Isaev Doniyor Toshbotirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Povishenie iznosostoykosti tvyordix splavov putem kompleksnoy obrabotki, vklyuchayushhey poverxnostnoe legirovanie i naneseniya iznosostoykogo pokritiya», 05.02.01-“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi” ixtisosligi.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2381.
Ilmiy rahbar: Fedorov Sergey Vol`demarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xudayarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi keskichlarda qo‘llaniladigan qattiq qotishmalarning eyilishga bardoshliligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuzani legirlash usuli yordamida qattiq qotishmalarni eyilishga bardoshliligini oshirish texnologiyasi ishlab chiqildi;
qattiq qotishmali asboblarga ishlov berish usuli eyilishga bardoshli qoplama kimyoviy tarkibining o‘zgarish dinamikasi asosida ishlab chiqildi;
yuzani mikrolegirlash jarayonini boshqarish omillarining ta’siri asosida yuzani mikrolegirlashning matematik modeli ishlab chiqildi;
elektr-nurli NbHfTi qotishmalarni eyilishga bardoshli qoplamani vakuum-yoy bilan purkashda hosil bo‘ladigan harorat o‘zgarish dinamikasi asosida kesuvchi plastinalarni kombinatsiyalashgan ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Texnologiyani ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va qattiq qotishmali asboblarining eyilishga bardoshliligini oshirish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qattiq qotishmali asbobga, takomillashtirilgan kimyoviy tarkibiga ko‘ra, gradiyentli qatlamni 2 mkm dan 5 mkm chuqurlikkacha ishlov berish usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK IChB NMZ amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 17 iyundagi 02-06-04/6358-son ma’lumotnomasi). Natijada, keskich ishchi yuzasining eyilishga bardoshliligi 12-14% ga oshgan;
yuzani mikrolegirlash jarayonining boshqarish omillarini kesish yo‘li qiymatiga takomillashgan asbobga ta’sirining matematik modeli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK IChB NMZ amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 17 iyundagi 02-06-04/6358-son ma’lumotnomasi). Natijada, kesish parametrlarini optimallashtirish vaqti 16-18% ga kamaygan;
elektr-nurli NbHfTi qotishmalar asosida legirlashda eyilishga bardoshli qoplamni vakuum-yoy bilan purkash ketma-ketligi natijasida kesuvchi plastinalarni kombinatsiyalashgan ishlov berish texnologiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK IChB NMZ amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 17 iyundagi 02-06-04/6358-son ma’lumotnomasi). Natijada, ketingi yuzaning eyilish miqdori kriteriya bo‘yicha ishlov berilmagan plastinalar bilan taqqoslanganda, 400-500% ni va eyilishga bardoshli qoplamli plastinalar bilan taqqoslanganda esa, 40% ni tashkil etgan.