Abdimominov Ikromjon Iminovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erlarga ekish oldidan ishlov berishda qo‘llaniladigan kombinatsiyalashgan mashina yumshatkichlarining turini tanlash va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/ T1991.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent, Artikbaev Baxtiyar Pirniyazovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: «Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erlarga ekish oldidan ishlov berishda qo‘llaniladigan kombinatsiyalashgan mashina yumshatkichlarining turini tanlash va parametrlarini asoslash orqali uning ish ko‘rsatkichlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kombinatsiyalashgan mashina yumshatkichlarining turi va ramada joylashish sxemasi ular tomonidan minimal hajmdagi yaxlit tuproq deformatsiyalanishi hisobga olinib ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan mashinaning parametrlari tuproq xossalari, uning uvalanish darajasi hamda ishlov berish chuqurligi belgilangan me’yordan kam bo‘lmasligi hamda uning tortishga qarshiligi minimal bo‘lishini hisobga olgan holda aniqlangan;
yumshatkich va o‘qyoysimon panjalar orasidagi ko‘ndalang va bo‘ylama masofalar texnologik jarayonning ishonchli bajarilishi hamda tuproqqa sifatli ishlov berilishini hisobga olgan holda asoslangan;
kombinatsiyalashgan mashina yumshatkich panjasining eni, tuproqqa kirish burchagi, egrilik radiusi hamda o‘qyoysimon panjasining qamrash kengligi, qanotlarining uvalash va ochilish burchaklari va agregat harakat tezligi ularning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erlarga ekish oldidan ishlov berishda qo‘llaniladigan kombinatsiyalashgan mashina yumshatkichlarining turini tanlash va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kombinatsiyalashgan mashinaga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi 02/023-3281-son ma’lumotnomasi). Natijada yumshatilgan, mayin va talab darajasida zichlangan tuproq qatlamini hosil qilish imkoni beradigan kombinatsiyalashgan mashina yaratilgan;
ishlab chiqilgan yumshatkich va o‘qyoysimon panjalar bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinaning tajriba nusxasi Andijon viloyati Jalaquduq tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi 02/023-3281-son ma’lumotnomasi). Natijada shudgorlangan erlarni ekishga tayyorlashda mehnat sarfi 22,5 foizga va har bir gektar maydonga sarflanadigan ekspluatatsion xarajatlar 16,7 foizga kamaygan;
kombinatsiyalashgan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan(Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi 02/023-3281-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan yumshatkichlar bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinani sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.