Oripov Zayniddin Baxodirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Yoqilg‘i apparatlari detallarini tiklash va mustahkamlashning kichik texnologiyalarini ishlab chiqish», 05.02.01-“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi” ixtisosligi.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2384.
Ilmiy rahbar: Mardonov Baxtiyor Teshaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Nurmurodov Saloxiddin Dustmurodovich, texnika fanlari doktori, professor; Yakubov Lazizxon Ergashxanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori..
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori bosimli yoqilg‘i nasoslari plunjer juftlarini tiklash va mustahkamlashning mini-texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
gal`vanik kompozision xromli qoplamalarni olishning texnologik rejimlari xromli qoplamaning sirt taranligi haroratga bog‘liq ravishda o‘zgarishi asosida ishlab chiqilgan; 
plunjer juftlarni kompozision xromlash yordamida tiklashning mini-texnologiyasi kompozision material tarkibining miqdori asosida ishlab chiqilgan; 
xorijda ishlab chiqarilgan plunjer juftlarni gidrozichlikka sinash uchun moslama plunjer juftliklarning mexanik xossalari asosida ishlab chiqilgan; 
yassi yuzaga davodkalash usulida ishlov berish dastgohining konstruksiyasi plunjer paralarining mexanik xossalari asosida ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnologiyani ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va yuqori bosimli yoqilg‘i nasoslari plunjer juftlarini eyilishga bardoshliligini oshirish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
avtotraktor dizellarining yuqori bosimli yoqilg‘i nasoslari plunjer juftlarini tiklash va mustahkamlash texnologiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasida joriy qilingan (NKMK DK NMZ IChB) amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 27 avgustdagi 02-08-06/8564 – sonli ma’lumotnoma). Natijada plunjer juftlarining eyilishga chidamliligi 1,2-1,3 martaga oshgan;
tarkibida alyuminiy oksidini yoyilgan mayda zarrachalari bo‘lgan kompozision xromli qoplamalarga gal`vanik cho‘ktirishning texnologik rejimlari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK NMZ IChB amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 27 avgustdagi 02-08-06/8564 – sonli ma’lumotnoma). Ishlab chiqilgan rejimlar qoplamaning mikroqattiqligini 14000 MPa oshirishga imkon bergan;
Plunjerlarni yassi yuzalarini davodkalash uchun yassi yuzaga davodkalash usulida ishlov beruvchi dastgoh konstruksiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK NMZ IChB amaliyotga joriy qilingan  («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 27 avgustdagi 02-08-06/8564 – sonli ma’lumotnoma). Dastgoh konstruksiyasini takomillashtirish plunjerlarni yassi yuzalarini davodkalash operatsiyalari unumdorligini 18-20% foizga ko‘paytirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish