Kurbonov Eldor Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida er melioratsiyasini huquqiy tartibga solish”, 12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu486.
Ilmiy rahbar: Xolmo‘minov Juma Toshtemirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Shuhrat Hasanovich, yuridik fanlar doktori, professor; Usmonov Muhammadi Bahriddinovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Qishloq xo‘jaligida er melioratsiyasini huquqiy tartibga solish zarurati va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, er melioratsiyasining ma’no-mazmunini ilmiy-nazariy jihatdan kompleks ravishda o‘rganish, tahlil qilish, qishloq xo‘jaligi erlarining melioratsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlarini tadqiq etish va ularni nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlardan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar va o‘rmon fondi erlari investisiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilishi zarurligi asoslantirilgan;
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash vazifasidan kelib chiqib sug‘oriladigan erlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmasligi ilmiy-huquqiy jihatdan asoslantirilgan;
alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan erlarning ekologik-iqtisodiy ahamiyatini inobatga olgan holda ular maxsus muhofaza qilinishi va ularning sug‘orilmaydigan erlar jumlasiga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmasligi asoslab berilgan;
qishloq xo‘jaligi kooperativlariga mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratiladigan er maydonlarini o‘zlashtirish uchun tegishli tashkiliy, iqtisodiy choralarni amalga oshirishning huquqiy tartibi ilmiy-nazariy va huquqiy jihatdan asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qishloq xo‘jaligida er melioratsiyasini huquqiy tartibga solish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar va o‘rmon fondi erlari investisiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilishi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 16 avgustdagi “Er uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek erlarni hisobga olish va davlat er kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ – 708-sonli qonunining 6-moddasi o‘n oltinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi Er kodeksining 241-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 27 noyabrdagi 04/4-06-78-son hamda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 10 dekabrdagi 10-11/4-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amalga oshirilishi qishloq xo‘jaligida ijara munosabatlarining investisiya shartnomasi, davlat-xususiy sherikligi asosida rivojlanishiga xizmat qilgan;
sug‘oriladigan erlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmasligiga qaratilgan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 16 avgustdagi “Er uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek erlarni hisobga olish va davlat er kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ – 708-sonli qonunining 6-moddasining yigirma uchinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi Er kodeksining 44-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 27 noyabrdagi 04/4-06-78-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 10 dekabrdagi 10-11/4-sonma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amalga oshirilishi sug‘oriladigan erlardan o‘z maqsadlarida foydalanilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan erlar maxsus muhofaza qilinishi va ularning sug‘orilmaydigan erlar jumlasiga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmasligi bilan bog‘liq taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 16 avgustdagi “Er uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek erlarni hisobga olish va davlat er kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ – 708-sonli qonunining 6-moddasining yigirma to‘rtinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi Er kodeksining 45-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 27 noyabrdagi 04/4-06-78-son hamda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 10 dekabrdagi 10-11/4-son ma’lumotnomalari).  Ushbu taklifning amalga oshirilishi alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik erlarining huquqiy muhofazasining kuchaytirilishiga xizmat qilgan;
qishloq xo‘jaligi kooperativlariga mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan er maydonlarini o‘zlashtirish uchun irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari xarajatlarining bir qismini qoplashga zarur qo‘shimcha mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratilishi, foydalanishga kiritilayotgan irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarining nomi, er maydoni, quvvati, ularning dastlabki qiymati va loyiha tashabbuskorlari nomini aniq belgilash, tuman (shahar) manzilli ro‘yxatini shakllantirishda vertikal sug‘orish quduqlari burg‘ulanadigan suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan mahalla fuqarolari yig‘inlari, aholi xonadonlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan er maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar inobatga olinishini belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan erlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandi ikkinchi xatboshisini, 8-bandi ikkinchi xatboshisini, 101-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 1 dekabrdagi 12/20-27-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalda tatbiq etilishi qishloq xo‘jaligi kooperativlarini er maydonlarini o‘zlashtirishganlik uchun rag‘batlantirishiga, shakllantirilayotgan manzilli dasturlarning mukammal bo‘lishiga hamda sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish bo‘yicha talabgorlarning aniqlash mexanizmining takomillashuviga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish