Qurbonov Elboy Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Konlarni er osti usulida qazib olishda muhandis-geologik sharoitlarini o‘zgarishi (G‘ujumsoy va Xodjadik konlari misolida)», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/GM120.
Ilmiy rahbar: Qayumov Abduboqi Djalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.96.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Vaxitxan Alixanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; To‘laganov Baxodirjon Ismailovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekgidrogeologiya” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G‘ujumsoy va Xodjadik konlarida muhandis-geologik va gidrogeologik o‘ziga xos sharoitlarini yaxshilash uchun, konchilik ishlarining barqarorligini ta’minlash hamda foydali qazilmalarni er osti usulida qazib olish vaqtida geologik tabiiy sharoitga ta’sir ko‘rsatadigan geologik, muhandis-geologik va gidrogeologik omillarni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘ massivining mustahkamlik xususiyati tog‘ jinslarini mineral tarkibi, hamda, maydon bo‘yicha o‘zgarishiga uzviy bog‘liqligi asoslangan;
tog‘ massivlarining barqarorligini chuqurlik bo‘yicha baholovchi deformatsion parametrlarini aniqlash uslublari takomillashtirilgan;
tektonik yoriqlardagi er osti suvlari tog‘ massivning tabiiy va texnogen sharoitlarini o‘zgarishiga olib keluvchi omillari aniqlangan;
deformatsiya rivojlangan maydonlarda muhandis-geologik va gidrogeologik jarayonlarning o‘zaro ta’sirida o‘pirilish o‘pqonlarining hosil bo‘lish sabablari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
G‘ujumsoy va Xodjadik konlarini dastlabki va mufassal qidiruv bosqichlarida olib borilgan ishlarga ko‘ra, uzoq muddatli kuzatuv tahlili xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tog‘ massivlarining barqarorligini chuqurlik bo‘yicha baholovchi deformatsion parametrlar “Zarmitan dala geologik qidiruv ekspedisiyasi” va “Hisor dala geologik qidiruv ekspedisiyasi” amaliyot ishlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 5 dekabrdagi 04/33-son ma’lumotnomasi). Natijada, chuqur gorizontlarida ro‘y berayotgan deformatsiya jarayonlar bo‘yicha aniq ma’lumot olishga imkon yaratgan;
o‘pirilish o‘pqonlarning muhandis-geologik va gidrogeologik sharoitlari o‘rtasidagi bog‘liqlik “Zarmitan dala geologik qidiruv ekspedisiyasi” faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 5 dekabrdagi 04/33-son ma’lumotnomasi) Natijada, konni o‘rganish va qazib olish jarayonida xavfsizlik choralari bo‘yicha qaror qabul qilishga imkon bergan;
tog‘ massivining mustahkamligi, tog‘ jinslarining mineral tarkibi, maydon bo‘yicha o‘zgarishiga uzviy bog‘liqligi “Hisor dala geologik qidiruv ekspedisiyasi” faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 5 dekabrdagi 04/33-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xodjadik konini texnik iqtisodiy baholash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish