Abdullaev Nodirxon Jo‘raxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy polisaxaridlar asosidagi interpolimer kompleks membranalarning sorbsion xossalari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/K191.
Ilmiy rahbar: Qodirxonov Murodxon Rashidxonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Azamat Solievich, kimyo fanlari doktori, professor; Baxronov Xayotbek Nurovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xitozan va xitozan/Na-KMS interpolimer kompleksi plyonka-membranalarini olish va uni turli metall ionlari hamda aromatik birikmalarni sorbsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor xitozan va xitozan/Na-KMS turli nisbatdagi interpolimer kompleksi (IPK) plyonka-membranalariga yuqori vakuumli kalorimetrik usul yordamida aromatik birikmalarning sorbsiyalanishining sifat va miqdori aniqlangan;
xitozan va xitozan/Na-KMSning turli nisbatdagi IPK plyonka-membranalariga atom absorbsion usulda Ag+,Cu2+, Zn2+, Pb2+ ionlarini sorbsiyalanishi aniqlangan;
plyonka-membaranalardan xitozan/Na-KMS IPKning (9:1) nisbatdagisixitozan, xitozan/Na-KMS (1:9) va (1:1) namunalariga nisbatan Ag+, Cu2+, Zn2+, Pb2+ ionlarini 1,25 barobar,benzol va toluol molekulalarini esa 1,6 barobar ko‘p adsorbsiyalashi aniqlangan.
xitozan, xitozan/Na-KMS turli nisbatdagi IPK plyonka-membranalariga benzol va toluol bug‘lari adsorbsiyasining miqdori, termokinetik qonuniyatlari va adsorbsion parametrlari aniqlangan;
xitozan, xitozan/Na-KMSning turli nisbatdagi IPK plyonka-membranalariga metall ionining sorbsiyasi, eritmaningpH muhiti,metall ionining tabiatiga bog‘liqligi aniqlangan;
xitozan, xitozan/Na-KMS turli nisbatdagi IPK plyonka-membranalarining sorbsion hususiyati aromatik birikmalarning tuzilishiga bog‘liqligi bilan o‘zgarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xitozan va xitozan/Na-KMS (turli nisbatlarda) idan hosil qilingan plyonka-membranalarining sorbsion xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xitozan va xitozan/Na-KMS (turli nisbatlar) ida hosil qilingan plyonka-membranalari “Chinoz NQIZ” MChJdan chiqadigan chiqindi suvlar tarkibidagi benzol, toluol va turli xil aromatik uglevodorodlar gomologlaridan tozalashda joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 6 oktyabrdagi 28-1-01/769-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi suvlarni aromatik birikmalar, ularning gomologlari va boshqa moddalardan tozalash darajasini 1-1,5 barobarga oshirish imkonini bergan;
xitozan va xitozan/Na-KMS (turli nisbatlar) idan hosil qilingan plyonka-membranalari “Chinoz NQIZ” MChJdan chiqadigan chiqindi suvlar tarkibidagi og‘ir metall (Ag+, Cu2+, Zn2+, Pb2+) ionlaridan tozalashda joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJ ning 2021 yil 6 oktyabrdagi 28-1-01/769-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Chinoz NQIZ” MChJidan chiqadigan chiqindi suvlar tarkibidagi metall ionlaridan tozalash va qayta ishlangan suvning tozalik darajasi GN2.1.5.689-98 me’yoriga mosligini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish